Oʻzbekiston harbiylari AQShdagi nufuzli musobaqa gʻolibi boʻldi
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari AQShning Missisipi shtatida oʻtgan “Eng ilgʻor jangchi 2025” musobaqasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Musobaqa 17–20 mart kunlari Camp Shelby harbiy-oʻquv bazasida boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan serjant Alishox Abdullaev va III-darajali serjant Shohrux Jovkashev jismoniy va jangovar tayyorgarlik sinovlarida rekord natijalar qayd etdi.
Xabarlarda aytilishicha, ular 15 kg yuk bilan 20 km masofaga marsh yugurish shartini 1 soat 50 daqiqada bosib oʻtib, yakka bahslarda ham mutlaq ustunlikka ega boʻlgan.
Ahamiyatlisi, oʻzbekistonlik harbiylar ushbu musobaqada 2019 yildan buyon ishtirok etib, har safar gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelmoqda.












