Oʻzbekiston va Ozarbayjon ID kartalarni oʻzaro tan olishni muhokama qilmoqda

31 yanvarʻ kuni Oʻzbekiston va Ozarbayjon rasmiylari ikki davlat fuqarolarining ID kartalarini rasmiy hujjat sifatida tan olish masalasini muhokama qilishdi. Bu oʻzgarish amalga oshsa, fuqarolar “zagran” pasportsiz chegarani kesib oʻta oladi.

Muhokamaning asosiy maqsadlari:

Fuqarolar harakatini soddalashtirish va qulaylik yaratish;

Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash;

Migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirish;

Savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirish.


ID kartalarni tan olish fuqarolarga chet el pasportisiz sayohat qilish imkonini beradi va ikki davlat oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytiradi.

Maʻʻlumot uchun:

2024 yil avgust oyida Shavkat Mirziyoev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvida ID kartalarni oʻzaro tan olish taklifini ilgari surgan.

Hozirda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari bu amaliyotdan foydalanmoqda.

Bu tashabbus amalga oshsa, Oʻzbekiston va Ozarbayjon fuqarolari ham hujjat ishlarini osonlashtirgan holda sayohat qila oladilar.

Mavzuga aloqador