Oʻzbekiston yana samolyotlar ishlab chiqara boshlaydi
“Navoiy” EIZ direktori Habib Abdullaevning Sputnik'ga maъlum qilishicha, loyihaning umumiy qiymati 30 million dollarga baholanmoqda. Birinchi samolyot 2025 yil oktyabrь oyida chiqarilishi rejalashtirilgan.
Toshkentda boʻlib oʻtgan INNOPROM koʻrgazmasida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi” AJ va Rossiyaning "Pervoe" tajriba-konstruktorlik byurosi MChJ oʻrtasida memorandum imzolangan.
Hujjatda SP-30 loyihasi asosida fuqarolik tipidagi boshqariladigan va uchuvchisiz samolyotlarni ishlab chiqarishni joylashtirish nazarda tutilgan. Aytilishicha, oktyabrь oyidan boshlab yiliga 100 ta samolyot ishlab chiqarish boshlanadi.
Ishlab chiqarish Oʻzbekistonning ichki ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksport qilishga yoʻnaltirilgan.
Maъlumot uchun, SP-30 butunlay metalldan yasalgan, ikki oʻrindiqli samolyot boʻlib, u Rossiyada eng koʻp ishlab chiqarilgan engil samolyotlardan biridir.












