Oʻzbekistonda 18 ta yangi energetika inshooti ishga tushirildi

13 dekabrʻ kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev umumiy qiymati 7 milliard dollardan oshgan 18 ta yangi energetika majmuasini ishga tushirib, 6 ta yangi loyihaning qurilishiga start berdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, energiya ishlab chiqarish hajmi yangi loyihalar orqali qoʻshimcha 9,5 milliard kilovatt soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Bu orqali yiliga 2,5 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Har yili 4,6 million tonna zararli gaz chiqindilari kamayib, atrof-muhit muhofaza qilinadi.

4 million xonadon uzluksiz toza energiya bilan taʻʻminlanadi, iqtisodiyotga qoʻshilgan qiymat esa 4 milliard dollarga oshadi.

Oʻzbekiston “yashil energetika”ga oʻtish yoʻlida muhim qadamlar qoʻymoqda. Jumladan, 2025 yilgacha 3,4 ming megavatt quvvatli quyosh va shamol stantsiyalari quriladi.

Ilk bor Andijon va Fargʻona viloyatlarida 300 megavattli energiya saqlash tizimlari barpo etildi.

Tarmoqda “yashil energiya” ulushi 16 foizga etib, yil oxirigacha 12 milliard kilovatt soat energiya ishlab chiqariladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu loyihalar xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotganini taʻʻkidladi. Loyihalarda Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Xitoy va Germaniya kompaniyalari ishtirok etmoqda. Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki kabi moliya muassasalarining qoʻllab-quvvatlashi katta ahamiyat kasb etmoqda.

2030 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushi 54 foizga etkaziladi. 2 mingdan ortiq mikro GES kichik va oʻrta tadbirkorlar ishtirokida quriladi.

Elektr energiyasi ulgurji bozori yaratilib, davlat-xususiy sheriklik asosida elektr tarmoqlari modernizatsiya qilinadi. 

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirish, balki ekologik barqarorlik va jamiyatning energetikaga boʻlgan ehtiyojini qondirish yoʻlida muhim ahamiyatga ega.

 Prezidentning taʻʻkidlashicha, bu ishlar kelajak avlodlar uchun barqaror va ekologik toza mamlakat yaratishga qaratilgan.

Mavzuga aloqador