Hujjatda «qonunlar bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlarga muayyan bir dinga xos qoidalarni joriy etishga boʻlgan urinishlar, ayollar va erkaklar huquqlari tengligini shubha ostiga qoʻyish, fuqarolik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, ijtimoiy axloq normalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni inkor etish, tibbiy xizmatdan, ilm-fan va madaniyat yutuqlaridan, tovarlar va xizmatlardan foydalanishga boʻlgan huquqlarni cheklash, ayrim davlat xizmatchilarining dunyoviy davlatchilik mohiyatini teran anglamasligi hamda jamiyat taraqqiyoti, birdamligi va barqarorligiga putur etkazuvchi qonunga xilof gʻoyalar va qarashlar tarqalishi» hollari uchrayotgani qayd etilgan.

«Bundan tashqari, axborot makonining globallashuvi natijasida ijtimoiy tarmoqlardan erkin foydalanilishi, yoshlarning migratsiya jarayonlariga keng jalb qilinishi sharoitlarida radikallashuvga sabab boʻluvchi omillarni toʻliq nazorat qilish imkoniyati cheklangan», — deyiladi kontseptsiyada.

Hujjatga koʻra, bunday holatlar «yagona Oʻzbekiston xalqining, jamiyat va davlatning hamjihatligiga xatar boʻlib, qonun hujjatlariga rioya etilmasligiga, boshqa shaxslarning huquqlari buzilishiga, fuqarolarning huquqiy tartibotga munosabati salbiy tomonga oʻzgarishiga, vatanparvarlik tuygʻulari emirilishiga, oilaviy nizolarga olib kelishi mumkin».

Diniy sohadagi davlat siyosati printsiplari aniq belgilanmaganligi uning aholi oʻrtasida turlicha tushunilishiga, dunyoviy davlat asoslarining buzib talqin qilinishiga, jamiyatda ziddiyatli vaziyatlarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ilm-fan va texnologik yutuqlar bilan hisoblashmaslik, ularning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga eъtiborsizlik, zamon bilan hamqadam boʻlmaslik mamlakatning global raqobat maydonida munosib oʻrin egallash yoʻlidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirishni murakkablashtiradi, deb taъkidlanadi kontseptsiyada

Mavzuga aloqador