Putin Ozarbayjon samolyotiga etkazilgan zarar uchun uzr soʻradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 dekabrʻ kuni Bokudan Grozniyga uchgan Azerbaijan Airlines samolyotiga Rossiya havo hududida «fizik va texnik taʻʻsir» boʻlgani sabab yuzaga kelgan holat uchun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievdan uzr soʻradi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Fojiali voqea natijasida samolyot ekipaji boshqaruvni yoʻqotib, Aqtau shahriga qoʻnishga majbur boʻlgan. Alievning aytishicha, samolyot korpusida «teshiklar va yot zarralar taʻʻsiri belgisi» aniqlangan. Yoʻlovchilar va ekipaj aʻʻzolari jarohatlangan.
Ikki davlat rahbarlari holatni keng qamrovli tergov qilish va masʻʻullarni javobgarlikka tortish zarurligini taʻʻkidlagan. Shuningdek, Ozarbayjon tomoni xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.
Avvalroq, Kremlʻ ham voqea yuzasidan Rossiyaning uzr soʻraganini tasdiqlagan edi. Ammo «fizik va texnik taʻʻsir» haqida aniq maʻʻlumot berilmagan.













