Qizil-Qiyadagi masjidga chaqalogʻini tashlab ketgan 16 yoshli ayol qoʻlga olindi
Kecha, 10 yanvarʻ kuni Qirgʻizistonning Qizil-Qiya shahridagi masjidga chaqalogʻini tashlab ketgan ayol qoʻlga olindi.
«24 kg» nashrining yozishicha, tergov harakatlari mobaynida bolaning onasi Qadamjoy tumani Oʻrozbekov qishlogʻida yashovchi 16 yoshli ayol ekani aniqlangan.
Maʻʻlumot uchun, 2025 yil 3 yanvarʻ kuni Qizil-Qiya shahridagi «Al-Gʻufran» masjididan chaqaloq topib olingan edi. Ertalab masjidga kelgan imom oq yoʻrgakka oʻralgan chaqaloqni koʻrib, darhol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.
Shundan soʻng, chaqaloq mahalliy shifoxonaga etkazilgan va shifokorlar uning ahvoli barqaror ekanini maʻʻlum qilishgandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etayotgani aytilmoqda.













