Qozogʻistonda urushga chorlovchi varaqalar tarqatildimi?
Qozogʻistonda Rossiya boshlagan urushga qatnashishga chorlovchi varaqalar boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda.
“Tengrinews” nashrining yozishicha, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda urushda qatnashishga daъvat qiluvchi varaqalarning suratlari tarqatilmoqda. Ushbu bukletlarda Rossiya Mudofaa vazirligi va uning aloqa maъlumotlari koʻrsatilgan.
Maъlum qilinishicha, varaqalar Qozogʻiston shaharlarida – Ostona, Olmata va Atiraudagi koʻchalarda tarqatilgan.
Milliy xavfsizlik qoʻmitasining xabar berishicha, internetda ushbu varaqalarning joylashtirilishi boʻyicha tekshiruv olib borilmoqda. Mamlakat IIV esa bu haqdagi maъlumotlarni rad etgan.
2022 yildan beri Qozogʻistonda fuqarolarning xorijdagi urushlarda ishtiroki boʻyicha 97 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Beshtasi 170-modda, 92 tasi esa 172-moddaga binoan. Yaъni, kamida 97 nafar qozogʻistonlik xorijda harbiy mojarolarda ishtirok etgan.












