Tatariston poytaxti Qozon shahridagi masjidlarda muborak Ramazon oyi davomida har kuni xayriya iftorliklari ham oʻtkaziladi.

“Mirgʻozyon” jome masjidi imom-xatibi Abdurrauf Zabirovning IslamNews axborot agentligiga maъlum qilishicha, oʻtgan yillardagidek har kuni 250 kishiga iftorlik beriladi. 

Menyuda odatda birinchi va ikkinchi taomlar, salatlar, goʻsht mahsulotlari, mevalar, yongʻoqlar va shirinliklar bilan choy mavjud. Iftorlik xurmo va suv bilan boshlanadi, soʻngra shom namozi. Namoz tugagach, barcha dasturxon atrofida jam boʻladi. 

“Oshpazlar anъanaviy palov bilan cheklanib qolmay, imkon qadar menyuni xilma xil qilishga harakat qilishadi. Sifatli mahsulotlarni sotib olishga katta eъtibor berilmoqda. Iftorlik mehmonlarining xohish va mulohazalari ham inobatga olinadi", – deydi imom Zabirov. Agentlik manbasiga koʻra, iftorliklar donorlar mablagʻi hisobidan oʻtkazilmoqda.

Bundan tashqari, bomdod namozidan oldin ovqatlanish uchun "saharlik qutilari" ham tarqatiladi. 

"Xohlaganlar ovqatdan soʻng tarovih namoziga qolishi mumkin, bu namozda har kuni bir juz (30 qism) Qurъon oʻqiladi. Shunday qilib, Ramazon oyida Muqaddas Kitobning xatmi (toʻliq oʻqish) yakunlanadi", - dedi Abdurrauf Zabirov.

Mavzuga aloqador