Quvayt kompaniyalariga Oʻzbekistondagi mingdan ortiq davlat korxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etish taklif qilindi
Toshkentda boʻlib oʻtgan biznes-forumda Quvayt kompaniyalariga Oʻzbekistondagi mingdan ortiq davlat korxonalarini xususiylashtirish dasturida ishtirok etish, shuningdek, Oʻzbekiston logistika infratuzilmasini rivojlantirishda qatnashish imkoniyatlarini koʻrib chiqish taklif qilindi. Konchilik, energetika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va sogʻliqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Toshkentda
Oʻzbekiston va Quvayt oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish
masalalariga bagʻishlangan biznes-forum boʻlib oʻtdi, deya xabar bermoqda uzdaily.uz.
Forumda
soʻzga chiqqan Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Akram
Aliev Quvayt kompaniyalari bilan sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, turizm kabi yoʻnalishlarda
qoʻshma loyihalar amalga oshirilayotganini taʻʻkidladi. Aliev Oʻzbekiston va
Quvayt oʻrtasidagi hamkorlik yangi tarmoqlarni qamrab olgan holda yanada kengayishi, sarmoya va qoʻshma
tashabbuslar uchun yanada keng imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirdi.
Forum
davomida konchilik, energetika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi, logistika
va sogʻliqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari
muhokama qilindi.
Oʻzbekistonda Quvayt tadbirkorlari uchun ochilayotgan sarmoyaviy imkoniyatlar,
jumladan, mingdan ortiq davlat kompaniyalarining xususiylashtirish dasturida
ishtirok etishiga alohida eʻʻtibor qaratildi. Ushbu dastur mamlakat iqtisodiyotini
mustahkamlash va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish yoʻlidagi strategik qadam
sifatida koʻrilmoqda.
Quvaytlik hamkorlarga Oʻzbekiston logistika infratuzilmasini
rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatlarini koʻrib chiqish taklif etildi.
Taqdimotlar davomida transport-logistika imkoniyatlari Markaziy Osiyoni Evropa va
Osiyo mintaqalarini bogʻlovchi muhim global savdo markaziga aylantirish salohiyatiga
ega ekanligi taʻʻkidlandi. Bu, oʻz navbatida, xalqaro savdoning yangi
yoʻnalishlarini yaratishi
va mintaqada iqtisodiy oʻsish uchun qoʻshimcha istiqbollarni ochishi aytildi.
Forum ishtirokchilari ikki tomonlama savdo aloqalarini
mustahkamlash muhimligini qayd etib, faol tajriba va texnologiyalar almashishga
tayyor ekanliklarini bildirdilar. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish,
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha
takliflar bildirildi.
Shu tariqa, Toshkentdagi biznes-forum Oʻzbekiston va Quvayt
oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish borasidagi istiqboldagi
qadamlarni muhokama qilish va belgilash uchun muhim maydonga aylandi. Tomonlar
iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridagi hamkorlik bundan buyon ham kengayib
borishiga, har ikki davlatning barqaror rivojlanishiga va xalqaro maydondagi mavqeini
mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi, deyiladi xabarda.













