Tashkent City hududidagi “Orifjonboy” tarixiy masjidi yana namozxonlar uchun ochildi
Toshkentning qadimiy Oʻqchi mahallasida barpo etilgan Tashkent City hududidagi galereyaga aylantirilgan “Orifjonboy” tarixiy masjidi yana namoz oʻqish uchun ochildi. Biroq hozircha masjid tahoratxonasi yoʻq.
Toshkentning
qadimiy Oʻqchi mahallasida joylashgan, hozirda Tashkent City nomi bilan tanilgan
hududdagi bir necha yildan beri ishlamay turgan, galereyaga aylantirib qoʻyilgan tarixiy
"Orifjonboy" masjidi yana namoz oʻqish uchun ochildi. Bu haqda ijtimoiy
tarmoq foydalanuvchilari maъlum qildi.
Biroq
hozircha masjidning tahoratxonasi yoʻq. Qayd etilishicha, masjid binosi orqasidagi
pulli hojatxonada tahorat olish imkoni bor.
“Qadimiy
masjidning yana ibodat uchun ochilishi namozxonlar uchun yaxshi qulaylik boʻldi. Bunga
hissa qoʻshgan masъullardan Alloh rozi boʻlsin”, - deb yozadi
Facebook foydalanuvchisi Musannif Adham.
“Orifjonboy”
masjidi XX asr
boshlarida Orifjon Mallaboev tomonidan modern uslubida barpo etilgan. Ushbu bino 2019
yilda Tashkent City loyihasi amalga oshirilishi
doirasida qayta taъmirlangan. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-son
qarori ilovasida keltirilgan «Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obъektlari»
Toshkent shahriga tegishli bandida «Orifjonboy» masjidi haqida maъlumot uchratish
mumkin[2].













