Meduza nashri Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida tahsil oluvchi talabaning xatini eъlon qilgandi. 


Xatda har hafta universitetda propagandaga asoslangan maъruzalar oʻqilishi hamda keksa avlod vakillari talabalarga Ukrainadagi "Maxsus harbiy operatsiya" va RFning jasur askarlari haqida soʻzlab berishi aytilgan. 


Talaba oʻz murojaatida hatto Din ishlari boʻyicha markaz xodimining rus armiyasi satanistlarga qarshi urushayotgani haqidagi soʻzlaridan ham iqtibos keltirgan. 


Kecha, 14 aprelь kuni Gubkin nomidagi universitetning Toshkent shahridagi filiali mazkur xat yuzasidan munosabat bildirib chiqdi.


Unda "murojaatda nomi tilga olingan shaxs filial talabalari roʻyxatida mavjud emasligi" taъkidlangan.


Filial OAV va jamoatchilik vakillaridan tasdiqlanmagan maъlumotlarni tarqatmaslikni soʻragan.


Mavzuga aloqador