Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Noʻъmon Qurtulmush Kipr masalasida Markaziy Osiyo davlatlarining pozitsiyasidan Anqara chuqur ranjiganini bildirdi. Bu haqda u TV100 telekanaliga bergan intervьyusida aytib oʻtdi.


Qurtulmushga koʻra, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Shimoliy Kiprda elchixona ochmagan, boshqa ayrim Markaziy Osiyo mamlakatlari esa Kipr bilan aloqalarni qoʻshni davlatlardagi elchilar orqali olib bormoqda. 


“Haqiqatan ham, Turkiya bunday qadamni kutmagan edi. Bizning judayam hafsalamiz pir boʻldi”, degan u.


Uning soʻzlariga koʻra, Turkiya hech qachon Markaziy Osiyo davlatlarining uchinchi davlatlar bilan qanday aloqada boʻlishini belgilamaydi. Biroq turkiy davlatlarning oʻzaro hamjihatlikda ish koʻrmasligi Anqarani jiddiy xavotirga solmoqda. 


Maъlumot uchun, oldinroq Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kipr boʻyicha pozitsiyasiga sodiqligini bildirib, Turkiya nuqtai nazariga qarshi chiqqandi.

Mavzuga aloqador