AQSh rasmiylari prezident Shavkat Mirziyoevga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari boʻlgan 131 kishini deportatsiya qilish boʻyicha amaliyotni tashkil etgani va moliyalashtirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Markaziy osiyoliklarni olib qaytayotgan reys Vashington va Toshkent oʻrtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirilgan.