Turkiyada Qurʻʻoni karimga hurmatsizlik qilgan yigit hibsga olindi
Turkiyaning Antaliya viloyatida yashovchi yigit ijtimoiy tarmoqlarda Qurʻʻoni karim ustiga oʻtirib, unga nisbatan hurmatsizlik qilgan yigit hibsga olindi. Unga nisbatan diniy qadriyatlarni haqorat qilish aybi boʻyicha ish ochildi.
Turkiyaning Antaliya viloyatida yaqinda olamdan oʻtgan mashhur qoʻshiqchi Ferdi Tayfurning muxlisi boʻlgan bir yigit Qurʻʻoni karim ustiga oʻtirib, uni oyoqlari bilan bosgani uchun hibsga olindi. U oʻz qilmishlarini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirgan.
Viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi maʻʻlumotlariga koʻra, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlatilib, videopostdagi gumonlanuvchi shaxs uyida qoʻlga olingan.
Boshqarmadagi rasmiyatchiliklardan soʻng sud binosiga yuborilgan gumonlanuvchi sudya qarori bilan hibsga olingan.













