Ukrainaga qarshi urushayotgan oʻzbekistonliklar soni 1100 nafardan oshdi
yildan buyon kamida 1110 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzib, Rossiya-Ukrina urushida ishtirok etdi. Bu haqda Ukrainaning “Xochu jitь” (“Yashashni xohlayman”) loyihasi maъlum qildi.
Loyiha hujjatlariga koʻra, Rossiyaning mehnat migrantlariga nisbatan tahdidlari, deportatsiya xavfi va pul vaъdalari ularni askarlikka yollashning asosiy usuli boʻlib qolmoqda.
Etnik oʻzbeklar soni bilan birgalikda bu koʻrsatkich bir necha ming kishiga etishi ham mumkin. Eъlon qilingan roʻyxatga koʻra, ushbu urushda kamida 109 kishi halok boʻlgan, ularning eng yoshi esa hali 21 yoshga toʻlmagan.
Shuningdek, eng yoshi kattasi esa 62 yoshda boʻlgan. Ayrimlari shartnoma imzolanganidan atigi 8 kun oʻtib halok boʻlgan. Bu roʻyxat harbiy asirlar emas, ular Rossiya safida Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan yoki qatnashayotgan oʻzbekistonliklardir.
Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, yollanma askarlik jinoyat hisoblanadi. Biroq loyiha hujjatiga koʻra, soʻnggi sud qarorlarida Ukrainadagi urushda ishtirok etgan koʻplab shaxslarga shartli jazo yoki ozodlikni cheklash jazosi berilayotgani jamoatchilikda koʻplab javobsiz savollarni tugʻdirmoqda.












