Xitoyliklar Oʻzbekistonda taъlim va kasbga tayyorlash oʻquv markazini ochadi
Xitoy kompaniyasi Oʻzbekiston fuqarolarini taъlim va kasbiy faoliyatga tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish markazini ochishni rejalashtirmoqda. «Yashil» energetika, qishloq xoʻjaligi, AKT, turizm kabi soha mutaxassislari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari ham ishlab chiqiladi.
Xitoyning JC Finance Interconnect Holdings kompaniyasi Oʻzbekistonda taъlim va kasbga tayyorlash oʻquv markazini ochishni rejalashtirmoqda. Bu boʻyicha Oʻzbekiston Oliy taъlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi hamda kompaniya raisi U Tinyi oʻrtasida onlayn uchrashuvda kelishuvga erishildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA.
Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda «yashil» energetika, qishloq xoʻjaligi, AKT, turizm kabi soha mutaxassislari uchun ilgʻor xalqaro standartlar asosida qayta tayyorlash va malakani oshirish dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilingan.
Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston talabalari uchun Xitoyning etakchi oliy oʻquv yurtlarida grantlar ajratish va nomzodlarni tanlash xususida fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida JC Finance Interconnect Holdings kompaniyasi vakillarining Oʻzbekistonga safarini tashkil etishga kelishib olindi. Safar davomida Oʻzbekiston fuqarolarini taъlim va kasbiy faoliyatga tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish markazini ochish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda xitoyliklarning Oʻzbekistonga tashriflari ortgani vatandoshlar orasida turli xavotir va vahimalarni uygʻotmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda xitoyliklar Oʻzbekistonda katta mol-mulk va erlarni sotib olib, doimiy qolib ketish uchun oʻzbekistonliklar bilan turmush qurmoqda, degan gap-soʻzlar tarqalmoqda.













