31 iyulь kuni Oʻzbekiston prezidenti imzolagan qonun bilan: ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun BHMning 5 (avval 1 edi) baravaridan 12 baravarigacha; xuddi shunday huquqbuzarlik maъmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda BHMning 12 baravaridan (avval 15 edi) 30 baravarigacha jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maъmuriy qamoq jazosini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Ular orasida IX–XIII asrlarga oid Qurъon qoʻlyozmalari, noyob zargarlik buyumlari, tarixiy matolar va badiiy asarlar mavjud.
Qozogʻiston Majlisi deputati (quyi palata) Odil Janbirshin mamlakatda LGBTni targʻib qilganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni taklif qildi.
Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni savdo departamenti tomonidan oʻtkazilgan tenderda «TBEA Co., Ltd» kompaniyasi gʻolib boʻlib, bosh pudratchi etib tanlangan. Ushbu loyiha doirasida 20 MVt quvvatga teng shamol elektr stansiyasini barpo etiladi. Bugungi kunda bosh pudratchi tomonidan Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori asosida ajratilgan 10 gektar er maydonida (Burchmulla hududi) qurilish ishlari olib borilmoqda.
Prezident farmoniga binoan Abdusalom Azizov prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ukraina mudofaa vazirligi va bosh razvedka boshqarmasi koʻmagida tashkil etilgan “Xochu jitь” (“Yashashni xohlayman”) loyihasi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 902 nafar Oʻzbekiston fuqarosining ism-sharifini eъlon qildi.
Oldinroq, ijtimoiy tarmoqlarda Boʻstonliq tumani, Yakkatut MFYda joylashgan margimush saqlanayotgan maxsus obъektning Chorvoq suv omboriga xavf tugʻdirishi haqidagi xabarlar tarqalgandi.
"Isroil"da yashovchi rus yozuvchisi Dina Rubina 10 oktyabrь kuni Toshkentdagi "Turkiston" saroyida kontsert berishi maъlum boʻldi. Xayriyatki, uning 20 iyulь kuni “Dojdь” telekanaliga bergan intervьyusi eъlon qilganidan keyin fashistik gʻoya tarafdorining kontserti bekor qilingan. Suhbat davomida Rubina sionist-fashistlar "falastinliklarni xlorid kislotasida eritish"ga va Gʻazo sektorini "avtoturargohga aylantirish"ga haqli ekanini aytgandi. Maъlumot uchun, Dina Rubina 1953 yili Toshkentda tugʻilgan, Madaniyat institutida dars bergan, OʻzSSR Yozuvchilar uyushmasi aъzosi boʻlgan. Aslida ham fashistik qarashdagi insonlarning Oʻzbekiston poytaxtida kontsert berishi tushunarsiz holat. Ularni ayrim oʻzbekzabon medialar himoya qilib chiqishi esa yanada ajablanarli.
Qozogʻiston rahbari Qosim-Joʻmart Toʻqaevning Turkiyaga tashrifi rus OAVlarida gʻazab bilan muhokama qilindi. Rossiya propagandasi Toʻqaevni "siyosiy muvozanatni saqlash ustasi" deb atamoqda.
Bundan tashqari, diniy arboblar diniy faoliyatni toʻxtatganidan soʻng besh yil mobaynida prezident yoki deputat boʻlolmaydi.