Oʻzbekiston Xitoyga optik tolali aloqa liniyasini oʻtkazish orqali global internet tarmogʻiga ulanishning qoʻshimcha kanalini yaratmoqchi.
Turkiyaning uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqaruvchi Baykar kompaniyasi va Italiyaning mudofaa giganti Leonardo qoʻshma korxona tashkil etishadigan boʻldi. Shartnoma Rimda Leonardo bosh direktori Roberto Chingolani hamda Baykar raisi Selchuk Bayraktar tomonidan imzolangan. Maqsad – ushbu sohadagi ilgʻor turk ishlanmalarini Italiyaning yuqori texnologik standartlari bilan birlashtirish ekani aytilmoqda.
Hindiston hukumati mamlakatdagi musulmonlarni noqonuniy ravishda Bangladeshga haydamoqda. “The Guardian”ning yozishicha, surgun qilinayotgan musulmonlarni Bangladesh tomoni qabul qilmayapti va ularni ortiga qaytarmoqda.
"Biz mehnat bozorida ham ijtimoiy xarakterdagi koʻplab masalalar borligini tushunamiz. Shavkat Miromonovich bilan migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishga kelishib oldik. Chunki bizda mehnat bozori bugun qanday ahvolda ekani maъlum. Rossiyada ishlashni xohlaydigan odamlarni tayyorlash masalasini hal etamiz", degan Putin OʻzA bosh direktori Abdusaid Koʻchimovning savoliga javoban.
Kopengagen 2025 yil yashash uchun eng qulay shahar deb topildi. Ikkinchi oʻrinda Vena va Tsyurix, uchinchi oʻrinda esa Melburn qayd etilgan.
Kecha, 17 iyunь kuni Ostona shahrida "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari hamda Xitoy raisi Si Tszinpin ishtirok etgan tadbir soʻngida.
geografik koʻrsatkich – bu mahsulotning maъlum hududga xosligi va aynan shu hudud tabiiy, insoniy, tarixiy omillari bilan bogʻliq alohida sifatlarga ega ekanini bildiruvchi intellektual mulk obъekti hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoev va Xitoy raisi Si Tszinьpin "Markaziy Osiyo – Xitoy" sammiti doirasida muzokara oʻtkazdi. Etakchilar "Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" strategik temiryoʻli qurilishini jadallashtirish muhimligini taъkidlashgan. Taъlim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlash hamda xitoy tilini oʻrganish sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirilgan.
Qozogʻiston mamlakatdagi ikkinchi atom elektr stantsiyasini quradigan konsortsium rahbari sifatida Xitoy Milliy Yadro Korporatsiyasini (CNNC) tanlagan.
Turkiya prezidentining fikricha, Gʻarbning cheksiz koʻmagiga tayanib, Eronga hujum qilayotgan, Gʻazoni vayron etayotgan va mintaqadagi barcha davlatlarni mensimaydigan isroil oʻz qilmishlarining oqibatlarini oʻylamayapti. Ehtimol, kelajakda u oʻz xatosini tushunib etar, ammo juda kech boʻlishi mumkin.