Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 may kuni Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan "Markaziy Osiyo – Italiya" formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.
Samarqand shahridagi Kongress markazida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Italiya Respublikasi bosh vaziri Jorja Melonining yuzma-yuz hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. Unda ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev taklifiga binoan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Oʻzbekistonda Zulhijja oyining birinchi kuni bugun, 28 mayga toʻgʻri keldi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi maъlum qildi. Hijriy-qamariy yil hisobi boʻyicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi. Shunga koʻra, Oʻzbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyunь, juma kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. Oʻz navbatida arafa kuni 5 iyunь, payshanba kunida nishonlanadi. Hijriy taqvimga koʻra, Qurbon hayiti Zulhijjaning 10-kuni bomdod namozidan soʻng boshlanib, 13-kuni asr namoziga qadar davom etadi.
Xitoy bugun dunyodagi muhim minerallarni etkazib beruvchi asosiy davlatga aylangan: sababi Sharqiy Turkistonning tabiiy boyliklari Xitoyning asosiy manbai boʻlib xizmat qilmoqda.
2025 yil Haj mavsumida oʻzbekistonlik ziyoratchilarga ellikboshi sifatida yuborilgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi "Rakat" jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiev vafot etdi. Maъlum qilinishicha, u Saudiya Arabistonida betob boʻlib, komaga tushib qolgan va 26 may kuni tongda vafot etgan.
Anqara Bilim Universiteti tarkibida Turkiyada ilk bor Islomofobiyaga qarshi kurashish boʻyicha ilmiy markaz va tadqiqot instituti (CENTERCIF) ochildi.
Ustozga avdokati bilan koʻrishishga ham ruxsat berildi. Ustozning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun vakolatli ikki advokatlaridan tashqari koʻplab advokatlar koʻngilli ravishda bu ishga qoʻshilmoqchi boʻldilar. Ammo mutasaddilar ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ga faqat bitta advokatning himoya qilishi etarli ekani aytib, qolganlarining xizmatidan voz kechish haqida tilxat yozib berishlarini talab qilgan. Mubashshir domla bu shartni bajarganlar. Hozirda Ustozni bir vakolatli advokat domlani himoya qilmoqda.
miniatyuralar Ikkinchi Renessans davri ekspozitsiyalarining “Tsivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”dan oʻrin oladi. Devor boʻylab jami 16-18 ta miniatyura oʻrin olib, qoʻsh sahifalarni hisoblaganda 21 ta miniatyurani tashkil etadi. Ayni paytda miniatyuralardan iborat devor eskizi yaratilgan. Unda Hirot Buxoro, Samarqand va hind miniatyura maktablari asosida ishlangan miniatyuralar saralab olingan. Devoriy suratlarni chizishda 100 ga yaqin rassom ishtirok etmoqda.
Turkiyaning Diyorbakir shahridagi "Adolat va Taraqqiyot partiyasi" deputati va "Ulugʻ" jome masjidining sobiq imomi Mehmet Said Yaz AQSh isroilga berayotgan qurollarining pulini arab davlatlari toʻlayotganini aytdi.