Abdulla Aripov va Mixail Mishustin Toshkentda boʻlib oʻtgan hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiya yigʻilishida soʻzga chiqdi. Jumladan, Mixail Mishustin Oʻzbekistonni "Rossiyaning ishonchli hamkori" deb atadi. Abdulla Aripov Oʻzbekiston RFning etakchi kompaniyalari bilan kooperatsiyani yanada kengaytirish niyatida ekanini bildirdi – bayonotlar.
Turkiyaning Trabzon shahrida Oʻzbekiston fahriy konsulxonasi ochildi. Bursa, Adana, Antaliyadan keyin toʻrtinchisi boʻlgan mazkur fahriy konsulxona Trabzon viloyat hokimligi (valilik) binosi qarshisidagi tarixiy binoda joylashgan.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Oʻzbekistonga keldi. Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Mishustin Toshkent Texnoparkida boʻlib, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi.
Qirgʻizistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyaga kelish uchun uzrli sabablari boʻlmagan fuqarolarni ushbu mamlakatga safar qilishdan vaqtincha tiyilib turishga chaqirdi. Bunga “RF hududida joriy qilingan qoʻshimcha xavfsizlik choralari va chet elliklarning mamlakat chegarasini kesib oʻtishida nazorat kuchaytirilganini” sabab qilib keltirdi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent-Samarqand pulli yoʻlini qurishni boshlash koʻzda tutilgan qarorni imzoladi. Hujjatga koʻra, sentyabrda tender oʻtkazilib, ishlar dekabrda boshlanishi kerak. Loyihani 2028 yilda yakunlash hamda xususiy-davlat sheriklik asosida boshqaruvni xususiy operatorga topshirish rejalashtirilmoqda. Toshkent-Andijon, Samarqand-Buxoro pulli yoʻllari, “Taxtaqoracha” dovonida tunnel qurish ham rejalashtirilgan.
2005 yilda hokimiyatdan agʻdarilgan Askar Akaev Qirgʻiziston Jogorku Keneshiga sobiq prezident maqomini tiklashni soʻrab murojaat qildi. Parlament fraktsiyalari va deputatlari maslahatlashib, yakuniy qaror qabul qiladi.
Oxirgi vaqtlarda soqoli bor fuqarolarimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soʻroq qilinib, soqollari oldirilayotgani haqidagi xabarlarni koʻp eshityapmiz. Buning asl sababi nima? Soqol qoʻygan erkaklarning yuqoridagilarga yoqmasligimi?! Yoki bu ham bir islomofobiyaning koʻrinishimi?!
Ashxobod aeroportida rus tilidagi savollarni tushunmagan va javob bera olmagan yoʻlovchilar, asosan yoshlar, barcha hujjatlari joyida boʻlishiga qaramasdan, qaytarib yuborilmoqda. Yoshlarni reyslarga chiqarmaslik holati Turkiyaga parvozlarda ham kuzatilmoqda.
Ozarbayjon va Oʻzbekiston birgalikda parom ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Paromlar Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun taqdim etiladi. Loyiha qiymati 150 million dollarni tashkil etadi.
2013 yilda davlat toʻntarishi uyushtirib, Muhammad Mursiyning qonuniy hukumatini agʻdargan Abdulfattoh Sisi 12 yil oʻtib Turkiyaga keldi. Ushbu tashrif doirasida mudofaa, energetika, savdo-sotiq va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi. Ikki davlat rahbarlari mintaqaviy muammolar, jumladan, Gʻazo sektori va ishgʻol ostidagi Falastin erlariga hujumlar boʻyicha fikr almashmoqchi.