Oʻzbekistonda yana bir diniy oliy taʻʻlim muassasasi – Imom Termiziy nomidagi islom instituti Oʻzbekiston Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Taʻʻlim muassasasida oʻqish muddati 4 yil boʻlib, bakalavr darajasidagi oliy diniy maʻʻlumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Bugun, 9 avgust kuni Ostona shahrida Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Qozogʻiston rahbari mintaqa yaqinida murakkab harbiy-siyosiy vaziyat mavjudligini aytib, mudofaa siyosati va xavfsizlik sohasida birgalikda harakat qilish, mintaqa davlatlari oʻrtasida siyosiy muloqot va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʻʻkidlagan.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida mamlakatda roʻy bergan zilzila sababli Markaziy Osiyoga tashrifini bekor qildi. U "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida ishtirok etishni rejalashtirgandi.
Shavkat Mirziyoev va Qosim-Jomart Toqaev Ostonada yuk tashish hajmini oshirish uchun sharoitlar yaratish, avtomobilʻ va temir yoʻllarini qurish hamda modernizatsiya qilishni jadallashtirishni muhokama qildi. Transkaspiy yoʻlagi va «Shimol-Janub» koridoridan samarali foydalanish hamda chegarada yangi oʻtkazish punktlarini ochish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Afgʻoniston va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi chegaralarni suv toshqinlari yuvib ketgan va ular qayta belgilanib chiqiladi, dedi energetika va suv resurslari vaziri v.b. Abdul Latif Mansur hududiy kelishuvlardagi ehtimoliy oʻzgarishlarga ishora qilgan holda.
Parijdagi Olimpiadada bronza medalini qoʻlga kiritgan qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uuluga musobaqalar vaqtida sekundantlik qilgan oʻzbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan 7-9 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Ikki tomonlama muzokaralardan tashqari, Oʻzbekiston prezidenti 9 avgust kuni Ostonada boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida ham ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Markaziy Banki “Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqladi. Endilikda Oʻzbekistondagi mikromoliya tashkilotlari izom talablari asosida mijozlarga islomiy moliyalashtirishga oid islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatishlari mumkin boʻladi.
Qirgʻiziston va Tojikiston davlat chegarasidagi 90 foizdan ortiq bahsli uchastkalar boʻyicha kelishuvga erishdi. Qirgʻiz-Tojik davlat chegarasining umumiy uzunligi 972 kilometrni tashkil qiladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning turk qoʻshinlari Qorabogʻ va Liviyaga kirgani kabi Isroilga ham hujum qilishi haqidagi bayonoti, isroillik tahlilchilar fikricha, xavotirli vaziyatni yuzaga keltirdi. Birinchi navbatda Turkiya ichida Isroilga qarshi choralarni kuchaytirish boʻyicha kuchli ichki bosim mavjudligi tilga olindi.