false
Islom sunnatlaridan biri duodir. Paygʻambarimiz alayhissalom «Duo ibodatdir», deganlar. Darhaqiqat, banda chin qalbdan duo qilar ekan, Allohga maʻʻnaviy yaqinlik hosil qiladi.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: U zot aytdilar: «Sizlarni dushmanlaringizdan himoya etuvchi va rizqlaringizni moʻl-koʻl qiluvchi bir narsaga yoʻllab qoʻyaymi?! Ular: "Albatta, yo Rasululloh" dedilar, shunda Paygʻambarimiz kechayu kunduz Allohga duo qiling, chunki duo moʻminning qurolidir!», dedilar.
Duo qilishning afzal boʻlgan vaqtlari mavjuddir, ular:
– Azon vaqti, shuningdek, azon va iqomat orasidagi vaqt
– Qurʻʻon oʻqiyotganda
– Kaʻʻbani koʻrib turganda
– Yomgʻir yogʻganida
– Dushman bilan uchrashganda
– Yomonlik va adolatsizlikka duchor boʻlgan
– Jamoaviy duo qilishda
– Farz namozidan keyin
– Duoda Alloh taoloning eng goʻzal ismlarini ishlatganda
– Tong otguncha
– Payshanbadan jumaga oʻtar kechasi, shuningdek, kun boʻyi juma kuni
– Rajab oyining birinchi kechasi
– Shabon oyining oʻn beshinchi kechasi
– Har ikki bayramning birinchi kechasi
– Arafa kuni
– Ramazon oyining kechalari va kunlari
– Iftorlik paytida
Duoning ijobat boʻlish shartlari: ixlos, ishonch, samimiylik va pok holda duo qilishdir.
Duo - odamning Allohga muhtojligi ifodasi boʻlib, Alloh nazarida ham gʻoyat maqbul ibodatlardan sanaladi. Qurʻʻoni karim va hadisi shariflarda insonlarni duo qilishga targʻib qilinadi. Inson duo qilganda Allohning rahmatidan umidvor va gʻazabidan qoʻrqqan holda chin yurakdan soʻrab duo qilmogʻi lozimdir. Shunday ekan, moʻmin birodarim, duo qilishdan toʻxtamang, zero duo – moʻminning qurolidir.
Abdurahmon tayyorladi