Alloh taolo yaratgan inson fitrati erkaklar bilan ayollarning birlashishini taqozo etadi. Shu tariqa inson urugʻi davom etadi va er yuzida hayot bardavom boʻladi. Alloh taolo shu yoʻl bilan dunyo neъmatini saqlanib qolishini va tabiatdagi tabiiy kuchlarni Oʻzi istagan vaqtga qadar insoniyatga boʻysundirib berishni xohladi. Agar Alloh taolo insoniyatni mana shunday fitratda yaratmaganida edi, er yuzi qisqa vaqt ichida zavol topgan boʻlardi.
Islomda ruhiy, psixologik jihatga boʻlgan eъtibor moddiy jihatga berilgan eъtibordan kam emas. Xuddi shuningdek, bir shaxsdan talab qilinadigan odob-axloqqa jamoat ham rioya qilishi istaladi.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Qadr kechasini Ramazonning oxirgi oʻn kunligini toq kechalaridan izlanglar”, deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Qadr kechasi haqidagi dalillarni oʻrganib chiqqan ulamolarimiz Ramazonning yigirma ettinchi kechasi (yigirma oltinchidan yigirma ettinchiga oʻtar kechasi)ni Qadr kechasi ekaniga baъzi ishoralar borligini bayon qilganlar. Shuningdek, Qadr surasining tafsirida ham qadrning yigirma ettinchi kechada ekaniga engil ishoralar borligi aytilgan..
Talaba Robiyaxon Muzaffarxonova 12 soat ichida Qurъoni Karimning 30 porasini yoddan oʻqib, xatm qilishga muvaffaq boʻldi. 2014 yildan buyon muassasada davom etib kelayotgan Qurъonni bir kunda yoddan tilovat qilish anъanasi bu yil ham yaxshi natijalar qayd etmoqda.
Agar Firъavn va unga oʻxshaganlar boʻlmaganida, imtihon qonunini tushunmas edik! Bu qonun kuchlilarning hokimiyat, shuhrat va saltanat bilan imtihon qilish qonunidir. Ojizlarning esa sabr-toqat va kurashish orqali sinovdan oʻtish qonunidir! Firъavn boʻlmaganida, Alloh bandalariga Oʻziga ibodat qilish yoki Unga itoat qilmaslik ixtiyorini berganini hech qachon tushunmas edik!
Besh yuz yil avval ingliz yozuvchisi va faylasufi Tomas Mor kelajakdagi eng adolatli va ideal jamiyat haqidagi “Utopiya” asarini yozgan edi. Biroq shunga oʻxshash asarlar orasida Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” kitobi maʻʻnolarga boyligi bilan ajralib turadi.
Deizm haqidagi oʻninchi darsimiz. Deist suhbatdoshimizga, har galgidek, soʻrov bilan yuzlanamiz:
Biz “millat”, “milliylik”, “milliy qadriyatlar”, “milliy urf odatlar” haqida koʻp gapiramiz, biroq ushbu tushunchalarni oʻz oʻrnida ishlatamizmi? “Milliylik” deganda aslida nimani tushunishimiz kerak? Millatimizga xos boʻlgan xususiyatlar nimalardan iborat? Bugun ana shu savollarga javob qidiramiz.
Sakkizinchi darsimiz ham yana bir deist bilan suhbat koʻrinishida kechadi. Unga savollarimiz bor: – Inson kim, qaerdan keldi, qaerga ketmoqda? – Bu olam nima uchun yaratildi? – Bu olamning egasi boʻlmish Zot bizdan nima istaydi?