Inglizlarning 4-kanaliga koʻra, yilning 9 oyida Londondan Tel-Avivga qurol eksporti hajmi 1 million funt sterlingga etgan. Bu oʻzaro savdo tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichdir.
The New York Times va Siena universiteti tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, 60% amerikalik bosqinchi isroil Gʻazodagi urushni HAMAS barcha garovga olinganlarni qoʻyib yubormagan taqdirda ham toʻxtatishi kerak, deb hisoblaydi.
Tramp maъmuriyati chegaradan uzoqda joylashgan Rossiya energetika infratuzilmasiga uzoq masofali raketalar bilan zarba berishi uchun Ukrainaga razvedka maъlumotlarini topshirishga rozi boʻldi.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffarbek Madrahimov va AQSh davlat kotibining qurollarni nazorat qilish hamda xalqaro xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Brent Kristensen yadroviy hamkorlik toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Misrning eng boy kishisi sifatida tanilgan tadbirkor Nassef Saviris AQSh iqtisodiyotiga katta sarmoya yoʻnaltirishda davom etmoqda. U Gʻazodagi genotsidning bevosita ishtirokchisi boʻlgan mazkur mamlakat infratuzilmasiga oid loyihalarga 50 milliard dollargacha investitsiya kiritmoqchi, deb yozadi Financial Times.
Arab mamlakatlarining AQShda ishlab chiqarilgan hujumkor va mudofaa qurollarni hech qachon AQSh ruxsat bermagan holatlarda ishlatib boʻlmaydi.
Qatarda AQShning eng yirik harbiy bazasi — Al-Udeyd joylashgan. Ana shu strategik obъekt joylashgan hududda yirik xorijiy maxsus operatsiya oʻtkazilgani AQShning ittifoqchi davlat xavfsizligini taъminlashdagi ojizligini koʻrsatadi. Fors koʻrfazi davlatlari — Saudiya Arabistoni va BAA uchun ham bu aniq signal: Amerika xavfsizlik tizimlari va oʻzaro yordam shartnomalari yaqin ittifoqchilari qarshisida ishlamaydi.
Donald Tramp Pentagonga AQSh qurolli kuchlarini qayta qurish va zarurat tugʻilganda Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun tayyorlashni topshirdi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi soʻnggi haftalarda Donalьd Tramp bilan toʻrt marta telefon orqali suhbatlashishdan bosh tortgan. FAZ nashrining yozishicha, Modi AQSh prezidentining Hindiston iqtisodiyotini "oʻlik" deb atagani va hind mahsulotlariga qoʻshimcha 25% boj joriy qilganidan norozi.
Bugun Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻzini demokratiya va erkinlik homiysi sifatida koʻrsatadi. Ammo uning tarixida oʻchmaydigan qora sahifa bor – haqiqiy amerikalik hindularga qarshi genotsid.