binyamin netanyahu
-
AQSh prezidenti Donalьd Tramp “Eron yadroviy qurolga juda yaqin” ekanini bilaman, deb aytdi. Lekin u bunday maъlumotni qaerdan oldi? Javob aniq – buni unga Binьyamin Netanьyaxu aytgan. AQSh razvedka idoralari Trampga nima dedi? Ularning maъlumotlariga koʻra, “Eron yadroviy qurol yaratish ustida ish olib bormayapti va oliy rahbar Oyatullo Ali Xomanaiy 2003 yilda toʻxtatilgan bunday dasturga ruxsat bermagan”. Qiziq, Tramp oʻzining josuslariga ishonmaydimi yoki ishonishni istamayaptimi? Ushbu savolga javob esa yanada qiziq – Pol Kreyg Roberts, amerikalik siyosiy tahlilchi.
-
Bosqinchi davlatlar – isroil va AQSh Eronning yadroviy intilishlari va Yaqin Sharqdagi “agressiv harakatlari”ga qarshi turmoqchi.
-
Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu Suriyaga tegishli boʻlgan Joʻlan tepaliklari abadiy “Isroilning ajralmas qismi” boʻlib qolishini eʻʻlon qildi. Isroil Suriyadagi vaziyatdan foydalanib, mintaqada muhim strategik ahamiyatga ega boʻlgan Hermon togʻini ham jangsiz bosib oldi.
-
Eron diniy rahbari Oyatulloh Xomanaiy Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanʻyaxuni hibsga olish uchun order berilishini etarli emas chora deb atadi. Uning fikricha, Netanʻyaxu qatl qilinishi ham kerak.
-
Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu va 5 noyabr kuni isteʻʻfoga chiqarilgan mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi. Netanʻyaxu va Galant qanday jinoyatlarda ayblanmoqda? Hukm nimani oʻzgartiradi? Munosabatlar.
-
Evropa Ittifoqining aksariyat davlatlari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish uchun order berilishi munosabati bilan Xalqaro jinoiy sudni qoʻllab-quvvatlamoqda. Evropa Ittifoqi oliy vakili, Niderlandiya, Italiya, Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Irlandiya va Shveytsariya allaqachon Gaaga sudi qaroriga amal qilinishini bildirdi.
-
Germaniya Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxuni Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) Gʻazo sektoridagi oʻn minglab falastinliklarning oʻlimiga sabab boʻlgan qonli urushdagi jinoyatlari uchun hibsga olish uchun order berganidan keyin Germaniya hududiga kelsa, hibsga olishini bildirdi.
-
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori HAMASning uch etakchisi, shuningdek, Isroil bosh vaziri va mudofaa vazirini harbiy hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order berishni talab qildi.
-
Isroilning sobiq mudofaa vaziri Avigdor Liberman Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu va Harbiy kengashni keskin tanqid qildi. Netanyaxu Isroilni yoʻqotishlarga olib borayotganini, HAMAS va uning rahbari Yahyo Sinvar urushni Netanyaxudan koʻra tunnellarda turib yaxshiroq boshqarayotganini aytdi.
-
Falastinda biz guvoh boʻlayotgan falokatni bitta badbaxt rahbarga yuklab qoʻyish toʻgʻri emas! Xalqim boshiga tushgan bu musibatlarda faqat Isroil bosh vaziri aybdor emas. Bugun Isroil bombalari Gʻazoning har bir burchagini vayron qilayotganiga, vayronalar ostida bolalar halok boʻlayotganiga faqat uni ayblamagan boʻlardim. Men 2013 yilda, Gʻazoda xalqimning qirgʻin qilinayotganini xabarlarda eshitganimda ham faqat uni ayblamadim.
- 01
- 02





















