boykot
-
Starbucks Shimoliy Amerikada samarasiz ishlayotgan qahvaxonalarini yopadi va 900 ta ish oʻrnini qisqartiradi.
-
Starbucks bosh direktori Brayan Nikkol isroilning Gʻazo sektoridagi genotsidi sabab kompaniyaning boykotga uchrashi brendga oʻta yomon taъsir qilayotganini tan oldi.
-
Musulmon mamlakatlarida Gʻarb brendlariga qarshi boykot ularning daromadlarini keskin kamaytirmoqda. Isteъmolchilar Isroilni qoʻllab-quvvatlaganlikda gumon qilingan kompaniyalar mahsulotlaridan voz kechmoqda.
-
Malayziyaliklar tomonidan Isroilga qarshi boykot sababli Starbucks kompaniyasi mamlakatdagi 408 ta doʻkonidan 50 tasini vaqtincha yopishga majbur boʻldi. Kompaniya savdolari ikki barobarga qisqargan va yarim yillikda 20,5 million dollar zarar koʻrgan.
-
Britaniyalik rassom Isroil madaniy tashkilotlarini boykot qilishga chaqiruvchi ochiq xatga imzo chekkanidan soʻng Germaniya jamgʻarmasining mukofotidan mahrum boʻldi. "Biz Falastin zulmiga sherik boʻlgan yoki unga qarshi jim turuvchi Isroil madaniy tashkilotlari bilan ishlamaymiz", - deyilgandi u imzolagan ommaviy maktubda.
-
Gʻazo qirgʻinida Isroilni dastaklaganlikda ayblanayotgan Coca-Cola kompaniyasining Turkiya va Pokistondagi savdosi boykotlar sababli mos ravishda 12,2 va 22,9 foizga qisqardi.
-
Carrefour doʻkonlar tarmogʻi dushanba kunidan boshlab Iordaniyadagi barcha filiallarini yopishini eʻʻlon qildi. Mazkur qaror kompaniyaning Isroil ishgʻolini qoʻllab-quvvatlagani ortidan yuzaga kelgan boykot kampaniyalari bilan bogʻliq. Boykot harakati mazkur qarorni "Iordaniya xalqining gʻalabasi" deb atadi.
-
Amerikaning Starbucks qahvaxonalar tarmogʻining global savdosi joriy yil iyulʻ-sentyabrʻ oylarida 7 foizga kamaydi, sotuvlar ketma-ket uchinchi chorakdan buyon pasaymoqda. Shu bilan birga, har bir aktsiyadan tushgan daromadi ham oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga kamaygan.
-
Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahridagi savdo markazida Isroilni qoʻllab-quvvatlayotgan kompaniyalarga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazgan 29 kishi qoʻlga olingani aytilmoqda. Ular “boykot” chaqirigʻi yozilgan yozuvlarni koʻtarib, yoʻlak va zinalarga qizil boʻyoq toʻkkan.
-
Agarda siz bu harakatdan charchagan boʻlsangiz, bilingki, Isroil boʻlmish dushman bizning gʻazolik birodarlarimizni oʻldirish va qatl qilishdan charchamayapti. Shu bilan birga u bizning goʻdaklarimizni azoblashda, ularni yaqinlaridan judo qilishda, och-nahor va suvsiz qoldirishda davom etyapti. Siz ushbu tuzumga koʻmak boʻlayotgan mahsulotlarni sotib olmoqchi boʻlganingizda yoki ularni qoʻllab-quvvatlayotgan mashhurlarni kuzatayotganingizda shuni unutmangki, ishgʻolchi tuzum mazlumlarning qonini shafqatsizlarcha toʻkyapti, asl er egalarining uylarini buzyapti, eng yomoni – siz ham qaysidir maʻʻnoda ularga yordamlashyapsiz.





















