Donalьd Trampning Amerika prezidentligiga saylanishi avvaliga koʻpchilikni mamnun etgandek tuyulgandi. Biroq uch hafta avval uning hokimiyatga kelishi va oʻzi bilan koʻz koʻrib quloq eshitmagan “syurpriz”larni keltirishini koʻpchilik, xususan, mutaxasislar xatto taxmin ham qilmagandi. Hozirgi kunda uning biri bogʻdan, biri togʻdan boʻlgan ichki va tashqi siyosat masalalari boʻyicha fikr hamda qarorlari koʻpchilikning taajjubiga sabab boʻlmoqda. Turli nomdor davlatlarning jazavasi qoʻziyotgan boʻlsa, ayrim mayda va taъsir doiradagi mamlakatlar boʻlayotgan ishlarni mahzunlik bilan kuzatib turishibdi. Mana shu vaziyatda koʻpchilikda oʻrinli bir savol tugʻilishi tabiiydir: Trampning xatti-harakatlari dunyoda oʻrmon qonunlari qaror topishiga sabab boʻladimi?