Eron-Isroil urushi
-
Tahlilchilarning fikricha, keyingi urush ancha qonli boʻlishi mumkin. Bu urushga Vashington ham faol tarzda jalb qilinsa, hattoki AQSh–Eron toʻqnashuvi ham yuz berishi mumkin.
-
Eron va "Isroil" oʻrtasidagi ziddiyat tobora avj olib borayotgani ortidan vatandoshlarimizdan ushbu ikki mamlakatga borishdan tiyilish soʻraldi.
-
Biz rostdan ham bu urushdan chetda turib omon qolamizmi? Yoki bu urush biz istasak ham, istamasak ham barchamizning urushimizmi? Bu urushni "ikki dushman oʻrtasidagi ziddiyat" deb baholab, neytral pozitsiyada turishimiz kerakmi? Yoki aslida bu juda xavfli masala boʻlib, Eronni nishonga olayotgan kuchlar ertaga bizni ham nishonga olishni rejalashtirganmi? Agar "Isroil" gʻalaba qozonsa, Alloh saqlasin, u holda uning oldida hech qanday toʻsiq qolmaydi: u navbatma-navbat Misr, Suriya, Iordaniya, Pokiston, Turkiya va boshqa oʻlkalarni nishonga oladi buni esa uning rahbarlari ochiq eъlon qilib boʻlgan – Doktor Navvof Takruriy, Butunjahon ulamolar hayъati aъzosi, Falastin ulamolar hayъati rahbari.
-
The Wall Street Journal'ning yozishicha, "Isroil" kuniga 200 million dollargacha mablagʻni havo mudofaasiga sarflamoqda. Ham zarba berish, ham raketalarni qaytarish uchun ishlatiladigan oʻq-dorilar va samolyotlar ham xarajatlarni oshiradi. Vayron boʻlgan binolarni tiklashning oʻzi kamida 400 million dollarga tushishi kutilmoqda.
-
Eron-Isroil mojarosi Rossiya va Xitoy uchun toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy aralashuv emas, balki strategik imkoniyat sifatida namoyon boʻladi. Rossiya – mintaqadagi siyosiy taъsirini saqlash va Gʻarbga bosim oʻtkazishni maqsad qilgan boʻlsa, Xitoy – energetika xavfsizligi va “Bir kamar – bir yoʻl” loyihasi doirasida iqtisodiy barqarorlikka erishishni koʻzlaydi.
-
Eron sionistik rejimga nisbatan bir qator aniq zarbalarni amalga oshirdi va gibrid urushning yangi bosqichini ochib berdi. Keng qamrovli hujumlar oʻrniga – aniq nuqtalarga, oʻylangan va kutilmagan zarbalar bilan dushmanni tezkor javob berish qobiliyatidan mahrum etmoqda. Hatto dushman elita qismlari ham hujumdan gʻaflatda qoldi – zarbalar “Temir gumbaz” tizimini chetlab oʻtdi, sirenalar jim boʻldi, raketa va dronlar ogohlantirishsiz nishonlarga etib bordi.
-
Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini ado etgan va BAA orqali vataniga qaytishi kerak boʻlgan jami 150 nafarga yaqin rossiyalikdan iborat uch guruh Sharja reysini toʻrt kundan beri kutmoqda. Kechikishlarga isroilning Eronga qarshi agressiyasi fonida fors davlati havo hududining yopilishi sabab boʻlmoqda.
-
Turkiya prezidentining fikricha, Gʻarbning cheksiz koʻmagiga tayanib, Eronga hujum qilayotgan, Gʻazoni vayron etayotgan va mintaqadagi barcha davlatlarni mensimaydigan isroil oʻz qilmishlarining oqibatlarini oʻylamayapti. Ehtimol, kelajakda u oʻz xatosini tushunib etar, ammo juda kech boʻlishi mumkin.
-
Eron va Isroildagi oʻzbekistonliklarga harbiy va boshqa davlat obъektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va video suratga olmaslik; odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan yiroqda boʻlish; mahalliy hukumat organlari tomonidan berilayotgan koʻrsatmalarga soʻzsiz rioya qilish, zarurat tugʻilganda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga yoʻl olish tavsiya etildi.
-
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotir bildirdi. "Bu keng koʻlamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin", — deyiladi bayonotda.
- 01
- 02





















