evropa ittifoqi
-
Financial Times Evropa Ittifoqi Misrga 2027 yil oxirigacha 7,4 mlrd dollar ajratishga tayyorligini xabar qildi. Evropalik siyosatchilar Gʻazodagi mojaro Misr iqtisodiyotini qiyin ahvolga tushirishi, Sudandagi kelishmovchiliklar esa Shimoiy Afrika mamlakatidan Oʻrta dengiz orqali EI davlatlariga qochqinlar oqimini keltirib chiqarishdan xavotirda.
-
Evrokomissiya hisob-kitoblariga koʻra, EI davlatlari aholisining uchdan bir qismi suv tanqisligi muammosiga duch kelmoqda. Kelgusida ushbu muammo suv resurslari uchun raqobatning kuchayishi, transchegaraviy suv resurslari boʻyicha davlatlar ichida va oʻrtasidagi nizolarga sabab boʻlishi mumkin, deyiladi Politico qoʻlga kiritgan maxfiy hujjatda.
-
Evropa Ittifoqi BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligini (YuNRVA) moliyalashtirish davom etadi va kelasi haftada 50 million evro ajratiladi. Isroilning YuNRVA xodimlari 7 oktyabrʻ kuni HAMASga yordam bergan haqidagi daʻʻvosi boʻyicha oʻrganish ishlari yakuniga etdi.
-
“Global janub” bilan munosabatlardagi muammolar Gʻarbning dunyodagi hukmronligi davri nihoyasiga etganini koʻrsatadi, deya maʻʻlum qildi EI bosh diplomati Xosep Borrel. Uning fikricha, Gʻarb, yaʻʻni AQSh va EIning Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikadagi taʻʻsiri kamayishidan Rossiya foyda koʻradi.
-
Evropa Ittifoqi Ukrainaga oʻz byudjetidan 50 milliard evro miqdorida qoʻshimcha yordam paketini kelishib oldi. Ushbu yordam paketi Ukrainaga 2024-2027 yillarda taqdim etiladi.
-
1 yanvarʻ kuni ilk kosovaliklar Evropaga vizasiz yoʻl oldi.
-
Ozarbayjon Evropa davlatlariga gaz sotishni boshlaganidan buyon oʻtgan uch yil ichida jami 31 mlrd kub metr gaz etkazib bergan.
-
EI Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning asosiy raqibi, Avstriya kantsleri yoʻqligida navbatdagi 12-paket tafsilotlarini kelishib oldi.
- 01
- 02



















