Isroil diaspora ishlari vaziri Amixaya Shiklining Frantsiyadagi parlament saylovlarida Jordan Bardell va Marin Le Penning “Milliy birlashuv” partiyasini qoʻllab-quvvatlagani, oʻta oʻnglar gʻalabasi Isroil manfaatlariga xizmat qilishi haqidagi bayonotlari frantsuzlar etakchisi Emmanuel Makronni gʻazablantirdi. Makron Shiklini mamlakatdagi parlament saylovlariga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashganlikda aybladi.
Frantsiya oʻng qanot Milliy birlashuv partiyasi etakchisi va bosh vazir lavozimiga nomzod Jordan Bardella Falastin davlatini tan olish terrorni tan olish bilan barobar, deya maʻʻlum qildi. U yahudiy vatandoshlariga Islomga qarshi qalqon boʻlishga vaʻʻda berdi.
Niger hukumati Frantsiyaning Orano kompaniyasiga dunyoning eng yirik uran konlaridan biriga aylanishi kutilayotgan "Imuraren" konini oʻzlashtirish uchun berilgan ruxsatnomani tayyorgarlik ishlari boshlanganidan bir hafta oʻtar-oʻtmas bekor qildi.
Islomga qarshi qaratilgan hujumlarni erkinlikka yoʻyadigan Frantsiyada Exxelia kompaniyasi binosi oldida Isroilga qurol sotishga qarshi namoyishni yoritayotgan jurnalist hibsga olindi. Bu ham etmaganidek, xabar manbalarini himoya qilish uchun politsiyaga telefon parolini aytmagani uchun jurnalistning qamoq muddati uzaytirilgan.
Parijdagi musulmonlar farzandlarini uyidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan musulmon xususiy maktabida oʻqitishga majbur boʻlmoqda. Bunga Frantsiya hukumatining 2017 yildan beri kamida 5 ta musulmon maktabini yopgani va bunday maktablarga moliyaviy yordamni toʻxtatgani kabi omillar sabab boʻlmoqda.
Frantsiya parlamentining Yangi Kaledoniya Konstitutsiyasiga kamida 10 yil avval mintaqaga koʻchib kelgan xorijliklarga saylovlarda ovoz berish huquqini berishni koʻzda tutgan oʻzgartirishni kiritish taklifi mahalliy aholining noroziliklariga sabab boʻldi va eng kamida besh kishi hayotdan koʻz yumgan tartibsizliklarga aylanib ketdi. Tinch okeani Yangi Kaledoniyada sodir boʻlgan soʻnggi voqealar Ozarbayjonga ikki jihatdan aloqador.
Yangi Kaledoniyadagi ommaviy norozilik namoyishlaridan soʻng Frantsiya Oliy Kengashi orolda harbiy holat eʻʻlon qildi. Barcha namoyishlar va aktsiyalar taqiqlangan, ijtimoiy tarmoqlar bloklangan. Jurnalistlarning orolga kirishi cheklangan.
Soʻnggi yillarda yuqori malakali frantsuzlarning aksariyati muhojirlarning farzandlari, London, Nʻyu-York, Monreal yoki Dubay kabi shaharlarda xorijda yangi biznes boshlash maqsadida Frantsiyani tark etishmoqda. Onlayn soʻrov natijasiga koʻra, 1000 dan ortiq odamning 71 foizi irqchilik va diniy kamsitishlar tufayli Frantsiyani tark etgan.
Frantsiyaning maxsus subʻʻekti - Yangi Kaledoniya shiddatli tartibsizliklar sahnasiga aylandi
Frantsiya oʻrta maktab oʻquvchilari kasaba uyushmasi vitse-prezidenti Manes Nadel falastinliklarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida dushanba kuni "bir necha oʻnlab" muassasalarga kirish toʻsib qoʻyilishini maʻʻlum qildi. Mamlakat prezidenti Emmanuel Makron oʻquvchilarning ushbu qarorini qoraladi.