Isroil harbiylari 2023 yil 27 oktyabrda ishgʻol ostidagi Gʻazoda quruqlikdagi amaliyotlar boshlanganidan beri sektor shimolidagi bir qancha hududlardan, shuningdek, Gʻazo shahri (eksklavning maʻʻmuriy markazi) shimoli-gʻarbiy qismidan chekindi.
Isroil bosqinchi armiyasi vakili kontr-admiral Daniel Xagariy kecha Gʻazo sektori markazida, chegaradagi Kissufim aholi punkti yaqinida 21 bosqinchining oʻlganini tan oldi. Bundan tashqari, Isroil samolyoti oʻz tankini ichidagilari bilan birga portlatib yubordi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya bilan uchrashdi. Tomonlar Gʻazo sektorida sulhni tezroq oʻrnatish imkoniyatlari, Falastin anklaviga insonparvarlik yordami hajmini oshirish va mahbuslarni ozod qilish masalalarini muhokama qildi.
Qatar Tashqi ishlar vazirligi Isroil va HAMAS oʻrtasida imzolangan kelishuv doirasida Gʻazo sektoriga dori-darmon va gumanitar yordam etkazib berish boshlanganini eʻʻlon qildi. HAMAS avvalroq isroillik mahbuslarga dori-darmon va gumanitar yordam faqatgina Gʻazodagi boshqa musulmonlar uchun ham kiritilganda ruxsat berilishini maʻʻlum qilgan edi.
100 kundan ortiq vaqt ichida Gʻazodan toʻqqiz mingta, Livandan esa ikki mingtasi Isroil yoʻnalishida raketa otildi. Oʻz navbatida, ushbu davrda Gʻazo sektoridan 9 mingta, Livandan 2 mingta raketa uchirilgan.
Sionistlar Gʻazoda qatliom boshlaganiga 100 kun toʻldi. 100 kundirki butun Islom olamining bagʻri qon, chin moʻminlarning na eganida xalovat bor, na ichganida. Bu ogʻriqlar ortiq din va millat chegaralaridan oshdi. Hozir dunyoning juda koʻp nuqtalarida Gʻazodagi qatliomni toʻxtatishni talab qilgan namoyishlar boʻlmoqda. Sabr va toqatning oxiri koʻrinib qoldi...