Frantsiya hech qachon sportda ochiq kiyishni taqiqlamaydi, lekin Olimpiada oʻyinlarida ayollarning yopiqroq kiyim kiyishini bemalol taqiqlamoqda. Bu madaniy va diniy qadriyatlarga asoslangan yaqqol jinsiy kamsitishdir.
Amnesty International inson huquqlari tashkiloti Frantsiyani Parijdagi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollarga hijobda qatnashishni taqiqlab, xalqaro inson huquqlari qonunchiligini buzganlikda aybladi. Oʻtgan yilning sentyabrʻ oyida Frantsiya sport vaziri frantsuz sportchilariga tadbirlar vaqtida diniy ramzlarni namoyish etish, jumladan, roʻmol taqiqlanishini aytgan edi.
1 may kuni butun dunyo boʻylab har yili oʻtkaziladigan Xalqaro musulmonlar tarixi oyligi boshlandi va bu yil musulmon jamoalarining ishtiroki oʻtgan yilga nisbatan 10 barobar oshdi
Nʻyu-York okrug sudi politsiya boshqarmasi xodimlari hibsga olingan musulmon ayollarning hijoblarini majburan echtirgani sababli 17,5 million dollar miqdorida tovon puli toʻlash toʻgʻrisida hukm chiqardi.
"Rossiya xalq drujinasi" millatchi tashkiloti faollari Novosibirskdagi dorixonalardan birining sotuvchisidan roʻmolini echishni talab qilmoqda. Millatchilarning fikricha, roʻmol radikal islom bilan bogʻliq boʻlib, pravoslav nasroniylarning diniy tuygʻularini kamsitadi va millatlararo adovatni qoʻzgʻatadi.