Islomiy moliya
-
Oʻzbekiston delegatsiyasi Malayziya Markaziy banki rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazib, islomiy bank tizimi va moliyaviy tartibga solish borasidagi asosiy hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildi. Uchrashuvda Malayziya tajribasi – islomiy banklar va moliyaviy institutlarga litsenziya berish, ularni nazorat qilish va tartibga solish jarayonlari batafsil oʻrganildi. Xususan, Shariat tamoyillariga rioya etilishi va islomiy moliya tizimidagi likvidlikni samarali boshqarish mexanizmlariga alohida eъtibor qaratildi.
-
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozogʻiston islom moliyasidan foydalanish boʻyicha etakchi oʻrinni egallaydi. Mintaqadagi barcha islomiy moliyaning 68 foizi ushbu davlat hissasiga toʻgʻri kelmoqda
-
Islom taraqqiyot banki (ITB) Qirgʻizistonda 112 ming kv.metr davlat ipoteka uy-joylarini qurish uchun 79 million dollar ajratdi. Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qoʻmitasi 2024 yil 26 aprelda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida imzolangan "Shariat standartlari boʻyicha arzon uy-joylarni moliyalashtirish" loyihasi boʻyicha Qirgʻiziston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi kredit shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda maʻʻqullagan.
- 01














