EI asosiy huquqlar agentligi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, mintaqada yashovchi qariyb har ikki musulmondan biri irqchilik va kamsitish holatlariga duch kelmoqda. Ayniqsa Evropada tugʻilgan yosh musulmonlar va islomiy libosda yuruvchi ayollar koʻproq irqchilik va kamsitish qurboniga aylanishmoqda.
Britaniyalik ashaddiy islomofob Tommi Robinson suriyalik muhojirga qarshi tuhmat ishi boʻyicha sudda yutqazganidan soʻng sud taqiqini qayta-qayta buzgani uchun 18 oyga qamaldi.
Frantsiyada musulmon faol mamlakat hukumatini islomofobiyaga berilib ketganlikda ochiq tanqid qilgani uchun sudga tortildi. Ilʻyas D’Imzalen «Intifada» (Isroilga qarshilik) atamasini omma oldida ishlatgani va sionizmni tanqid qilgani uchun 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida restoranlar uchun barcha xodimlarning ism-shariflarini ommaga koʻrinarli joyga joylashtirish talabi joriy qilindi. Bu esa diniy jamoalar oʻrtasida tez-tez sodir boʻlib turadigan mojarolarda musulmonlarni osongina nishonga aylanishlariga xizmat qiladi. Ayrim restoranlar musulmon xodimlarining xavfsizligini oʻylab, ularni ishdan boʻshatishga majbur boʻlmoqda.
AQSh "Terrorga qarshi kurash" shiori bilan dunyoning barcha davlatlariga islomofobiyani eksport qilishga muvaffaq boʻldi. 2001 yil 11 sentyabrda Nʻyu York shahridagi Jahon savdo markazining egizak minoralari va Vashingtondagi Pentagonda sodir etilgan terror xurujlaridan 23 yil oʻtib, dunyoning katta qismida musulmonlar va islom diniga nisbatan ehtiyotkorlik, kamsitish, begonasirash va hatto dushmanlikkacha aylanib ketgan harakatlarga zoʻravonlik ham qoʻshildi, deyish mumkin.
Oxirgi vaqtlarda soqoli bor fuqarolarimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soʻroq qilinib, soqollari oldirilayotgani haqidagi xabarlarni koʻp eshityapmiz. Buning asl sababi nima? Soqol qoʻygan erkaklarning yuqoridagilarga yoqmasligimi?! Yoki bu ham bir islomofobiyaning koʻrinishimi?!
Ayrim islomofob, jamiyatni ikkiga boʻlmoqchi boʻlayotgan, gʻaraz niyatli, xalqning milliy, tarixiy, eʻʻtiqodiy muqaddasotlarini yoʻq qilmoqchi boʻlayotgan radikal ateist va radikal liberal jamoalari, oʻzlarining asossiz va isbotlanmagan dalillari bilan, ong va tafakkurni zaxarlashmoqchi.
Britaniyaning Kent viloyatida 30 yoshli Bleyk Xindri nomaʻʻlum raqamdan Londondagi masjidga qoʻngʻiroq qilib, masjidni yoqib yuborish va imomini oʻldirishini aytdi. Uning Londondagi yana toʻrtta masjidga tahdidli qoʻngʻiroqlarni amalga oshirgani maʻʻlum boʻldi. Erkak sudda oʻz aybini tan oldi va 2 yilu 6 oy muddatga qamaldi.
Lids universiteti professori Salmon Sayyid Britaniya boʻylab boʻlib oʻtgan musulmonlarga qarshi namoyishlar islomofobik tashviqotlar mahsuli ekanini maʻʻlum qildi. Biroq, uning taʻʻkidlashicha, oʻn yillar davomida olib borilgan tashviqotlarga qaramasdan, musulmonlar, nomusulmonlar, turli irq vakillari, soʻlchilar va irqchilikka qarshi boʻlgan barcha pogromchilarga qarshi namoyishlarga chiqib, ularning ovozlarini oʻchirdi.
Britaniyada “Pride of Britain” (“Britaniya faxri”) mukofotiga sazovor boʻlgan etnik turkman ayolga 20 yoshlar atrofidagi 3 yigit hujum qilib, kaltaklagan, uni haqoratlab, “musulmon yurtiga qaytib ketish”ni talab qilgan. Ishbilarmon ayol Maya Amangeldieva Turkmanistonda tugʻilgan, biroq uzoq yillardan beri Britaniyada yashaydi.