Frantsiyada futbol oʻyini vaqtida iftor uchun tanaffus qilish taqiqlangani ortidan yarim himoyachi Maxamadu Diavara Frantsiya yoshlar terma jamoasini tark etdi.
Kanadaning Monreal shahridagi masjidlardan biriga pochta orqali islomofobik rasmlar yuborildi
Gʻazodagi urush fonida Londonda islomofobiya holatlari kuchaymoqda. Fevralʻ oʻrtalaridan buyon shahardagi uchta masjidga hujum uyushtirildi, musulmonlar Ramazon oyini qoʻrquv va xavotir bilan qarshi oldi.
2023 yilda Frantsiyada islomofobiya holatlari soni 57 foizga oshib, 828 ta hodisa qayd etildi. Jabrlanganlarning 81,5 foizini ayollar tashkil etmoqda.
Shotlandiyada masjiddan qaytayotgan musulmon oʻsmirga pichoq bilan hujum qilindi. Bola tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, politsiya tergov harakatlarini olib borib, atrofdagi videokameralar yozuvlarini oʻrganmoqda.
Britaniya hukumati “ayrim antimusulmon kuchlarning keskinlikni keltirib chiqarishiga yoʻl qoʻymaslik uchun” britaniyalik musulmonlarni himoya qilishga 4 yil davomida 117 million funt sterling (taxminan 150 million dollar) ajratishga qaror qildi. Yangi mablagʻ masjidlar, musulmon diniy maktablari va boshqa jamoat markazlarini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.
Avstriyaning “Sotsial Avstriya kelajagi” (SÖZ) partiyasi Vena tumanlaridan birining koʻchalarini Ramazon munosabati bilan bezatishni taklif qilib chiqdi. Biroq ushbu taklif boshqa partiyalarga yoqmadi va siyosiy qarama-qarshilikni keltirib chiqardi. 200 ming musulmon yashaydigan Venada Islom 560 ming kishi eʻʻtiqod qiladigan katolik dinidan keyingi ikkinchi yirik din hisoblanadi.
Germaniyada maqsadi ozchilik musulmonlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat boʻlgan “Xilma xillik va uygʻonish uchun demokratik alʻyans” (DAVA) nomli yangi siyosiy partiya paydo boʻldi.
AQShda Bert Jeyms Beyker ismli shaxs Falastinni qoʻllab‑quvvatlab oʻtkazilgan namoyishdan qaytayotgan amerikalik musulmonlarga pichoq bilan hujum qilib, ulardan birini jarohatladi. Amerika-Islom munosabatlari kengashi unga nisbatan nafrat bilan bogʻliq jinoyat boʻyicha ayblov qoʻyishga chaqirdi.