Ispaniya
-
Turkiya va Ispaniya uzunligi taxminan 300 metr boʻlgan yirik aviatashuvchi kema ishlab chiqarishga kelishib oldi. Ushbu uchoq tashuvchi kema har ikki davlat floti manfaatlari yoʻlida xizmat qiladi.
-
Ispaniyaning uch fuqarosi – Abdulqodir Harqassi, Abdulloh Ernandes va Toriq Rodriges andalusiyaliklar 500 yil avval bosib oʻtgan qadimiy yoʻlni 7 oy davomida bosib oʻtib, Makkaga etib borishdi. Ular 7 ming km masofa hamda 11 davlatni kesib oʻtishgan.
-
Ispaniya qiroli Felipe VI AQSh prezidenti Donalьd Trampning Oq uy rasmiy veb-saytidan ispan tilini olib tashlash haqidagi qarorini tanqid qildi.
-
Ispaniyada suv toshqinlari natijasida halok boʻlganlar soni 223 nafarga etdi. Bundan tashqari, 78 kishi hamon bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda, 48 kishining shaxsi hali aniqlanmagan. Yaqin kunlarda yana kuchli yogʻingarchiliklar boʻlishi kutilmoqda.
-
Ispaniyada 1973 yildan beri halokatli tabiiy ofat sodir boʻldi – kuchli yogʻingarchiliklar sababli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 95 kishi halok boʻldi. Valensiya avtonom hamjamiyati eng koʻp jabr koʻrdi, u erda 92 kishi hayotdan koʻz yumdi. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirdi.
-
Ispaniyaning Afrikadagi qismi – Seuta anklaviga minglab muhojirlar noqonuniy kirish uchun tartibsizlik uyushtirdi. Marokash politsiyasi ularga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻlladi, 150 dan ortiq kishi noqonuniy migratsiyaga chaqiriqlari uchun qoʻlga olindi.
-
Ispaniya Vazirlar kengashi Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan olish qarorini maʻʻqulladi. Bu haqda qirollik Vazirlar kengashi yigʻilishi yakunlari boʻyicha hukumat rasmiy vakili va taʻʻlim vaziri Pilar Alegriya maʻʻlum qildi. "Bu tarixiy qaror boʻlib, yagona maqsad tinchlikni taʻʻminlash", dedi u.
-
Daniya bayrogʻi ostida suzib yurgan Marianne Danica ekipaj aʻʻzolari 21 may kuni portga kirishni soʻrashgan. Biroq, Ispaniya tashqi ishlar vazirligi genotsidda ayblanayotgan Isroil uchun qurol va oʻq-dorilar olib ketayotgan kemaning Ispaniya portiga kirishini rad etdi. Aniqlanishicha, kemada 12 tonna raketa, 1,5 tonna portlovchi va 740 kilogramm boshqa harbiy materiallar boʻlgan.
-
Bu qaror shu haftada Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi talabalar norozilik namoyishlari ortidan universitet kampuslarida lagerlar qurishni boshlaganlarida qabul qilindi.
-
Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares mamlakati Gʻarbiy Sohildagi “12 tajovuzkor isroillik koʻchmanchilardan iborat birinchi guruh”ga qarshi sanktsiya jarayonini boshlaganini maʻʻlum qildi. “Sukut va harakatsizlik har doim jabrdiydalarning zarariga ishlaydi”, dedi musulmon davlatlarda yoʻq jurʻʻat va irodani namoyon etayotgan Ispaniya vakili.
- 01





















