Inglizlarning 4-kanaliga koʻra, yilning 9 oyida Londondan Tel-Avivga qurol eksporti hajmi 1 million funt sterlingga etgan. Bu oʻzaro savdo tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichdir.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroning vizasi bekor qilindi. Qayd qilinishicha, Petro Nьyu-York shahrida "falastinparastlar namoyishida" nutq soʻzlab, AQSh harbiylarini prezident Donald Tramp buyruqlariga boʻysunmaslikka chaqirgan.
Prezident Japarov, Gʻazo sektoridagi gʻayriinsoniy hujumlar natijasida katta yoʻqotishlarga uchrayotgan Falastin xalqining fojeasi haqida butun dunyo qaygʻurishi kerakligini taъkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, jahon hamjamiyati koʻz oʻngida kechayotgan bu insoniy falokatdan koʻz yumish mumkin emas.
2023 yilning oktyabr oyidan beri Gʻazoning sion-fashist kuchlari tomonidan oʻqqa tutilishi va portlatilishi oqibatida kamida 65 502 kishi, asosan ayollar va bolalar halok boʻldi. 167 367 nafar aholi yaralangan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning Gʻazo boʻyicha tergov komissiyasi isroilning falastinliklarga qarshi genotsid sodir etayotganini va uning oldini olish hamda jazolash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganini eъlon qildi.
Qatarda AQShning eng yirik harbiy bazasi — Al-Udeyd joylashgan. Ana shu strategik obъekt joylashgan hududda yirik xorijiy maxsus operatsiya oʻtkazilgani AQShning ittifoqchi davlat xavfsizligini taъminlashdagi ojizligini koʻrsatadi. Fors koʻrfazi davlatlari — Saudiya Arabistoni va BAA uchun ham bu aniq signal: Amerika xavfsizlik tizimlari va oʻzaro yordam shartnomalari yaqin ittifoqchilari qarshisida ishlamaydi.
Kuni kecha terrorchi isroil Qatar poytaxtidagi turar joy hududiga hujum qilgan va bu orqali HAMAS rahbariyatini nishonga olganini maъlum qilgandi.
Misr diasporasi butun dunyo boʻylab diplomatik vakolatxonalarni toʻsib qoʻyish orqali Qohiraning sionistlarni qoʻllab-quvvatlayotganiga norozilik bildirmoqda.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon kuni kecha qilgan chiqishida Islom dunyosi Falastindagi voqealarga, "zolim, kofir Netanьyaxuning fitnasiga" befarq qarab tura olmasligini taъkidladi.
Bosqinchi isroil matbuoti Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъni HAMAS va islomiy jihodga Shom diyorida oʻzini qayta tiklashga yashirincha ruxsat berganlikda aybladi.