Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi bosh kotibi Muhiddin al Qoradogʻiy Islom dunyosi rahbarlarini uygʻonishga chaqirdi: "Koʻz oʻngingizda ilk qiblangiz boy berilishiga rozimisiz? Xaritadan oʻchirilganidek, xotiralaringizdan ham oʻchirilishini xohlaysizmi? Ey hukumat rahbarlari! Agar Falastinni yolgʻiz qoldirsangiz, ummatning xorligini qabul qilsangiz, keyingi qurbon oʻzingiz boʻlasiz!"
Yaqinda Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari tomonidan Isroilning ikki yuqori lavozimli vaziri – Itamar Ben-Gvir va Betsalelь Smotrichga qarshi joriy qilingan sanktsiyalar koʻpchilik tomonidan Isroil rahbariyatida kuchayayotgan ekstremizmga qarshi muhim axloqiy pozitsiya sifatida baholandi. Biroq bu shov-shuvli qadam ortida ancha hisob-kitob qilingan va beadab strategiya yotadi. Bu Gʻarb davlatlarining Isroilga qarshi haqiqiy javobi emas, balki oʻzini goʻyo sionistlarning vahshiyliklariga qarshidek koʻrsatishi, xolos. Bu obdon rejalashtirilgan, chegaralangan va natijasi deyarli boʻlmagan choralar koʻproq bir haqiqatni ochib beradi: Gʻarb hukumatlari oʻz ritorikasiga qaramay, Isroilning aparteid tizimi va falastinliklarga qarshi olib borilayotgan genotsid urushiga qarshi chiqa olmaydi..
Internetda tarqalgan videolarda aksari bolalardan iborat yonib ketgan jasadlar va alanga ichidagi muhitda yordam soʻrayotgan odamlar koʻrinadi. Dushanba kuni tongda isroilning ikki havo hujumi oqibatida Gʻazo shahri va shimoliy Gʻazodagi Jabaliyada joylashgan boshpana va uylar nishonga olindi. Unda kamida 49 falastinlik halok boʻldi. Anadolu agentligiga shifokor manbalar maъlum qilishicha, Fahmiy al-Jirjaviy maktabiga qilingan havo hujumi natijasida halok boʻlganlar soni 30 nafarga etgan. Bu maktab Gʻazo shahrining al-Daraj tumanida joylashgan, koʻchirilgan aholiga boshpana sifatida xizmat qilayotgan edi.
Jazoirning janubi-gʻarbidagi Oran shahrida maktab bitiruvchilari uchun tarix va geografiya fanlaridan sinov imtihonining matni bilan bogʻliq janjal kelib chiqdi. Mahalliy “Al-Xabar” gazetasining yozishicha, imtihon jarayonida “isroil davlatini yaratish” atamasi qoʻllanilgan, bu esa jamoatchilik va rasmiylar tomonidan keskin tanqidga sabab boʻlgan.
Yangi reja isroil* va AQSh hamkorligida ishlab chiqilgan boʻlib, uni amalga oshirishda odatdagidek BMT ishtirokidan emas, balki xususiy kompaniyalar yordamidan foydalaniladi. Jarayonga AQShdagi UG Solutions va Safe Reach Solutions kompaniyalari jalb etiladi.
Isroil hukumati HAMASga qarshi quruqlikdagi operatsiyani kengaytirish rejasini maъqulladi. Unga koʻra, Gʻazoning tinch aholisini anklav janubiga koʻchirish rejalashtirilmoqda.
Gʻazo sektoridagi barcha binolarning kamida 60 foizi vayron qilingan, koʻpgina mahallalar allaqachon portlatilib, kanalizatsiya va elektr taʻʻminoti singari urushdan avvalgi mavjud tizimlar ham butunlay ishdan chiqarilgan boʻlsa. Maʻʻlumotlarga koʻra, Gʻazodagi 42 million tonna vayronalarni tozalash uchun kamida oʻn yil kerak boʻladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni Oʻzbekiston shifoxonalarida begʻaraz davolashga tayyor ekanini taʻʻkidladi. Falastin xalqiga amaliy yordam koʻrsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda oʻtadigan “Koʻrfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammitida ham muhokama qilish niyati bildirildi.
Bugun, 19 sentyabrʻ kuni bosqinchi Isroil kuchlari Livanni faol ravishda bombardimon qilishni boshladi. Qayd etilishicha, hozirda sionistlarning qiruvchi samolyotlari Bayrut osmonida uchmoqda. Mahalliy Livan matbuoti "Hizbulloh"ning Margaliot shahriga bergan zarbasi natijasida 2 nafar isroillik askar halok boʻlgani va 16 nafari yaralanganini xabar qildi.
Gʻazo sektoriga hujumlar 330 kundan beri davom etmoqda. Falastinliklar ustiga 81 ming tonna bomba tashlandi. 40 mingdan ortiq falastinlikni oʻldirgan va millionlab odamlarni oʻz uylarini tashlab ketishga majbur qilgan bu insoniyat fojiasi allaqachon tarixdagi eng katta ofatlardan biriga aylandi.