Isroilning yo'qotishlari
-
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil Gʻazo sektori, Livan va Gʻarbiy Sohilda 400 dan ziyod harbiysini yoʻqotgani maʻʻlum qilindi. Bundan tashqari, 2024 yilda 28 isroillik askar oʻz joniga qasd qilgan.
-
Isroil matbuoti "Hizbulloh" va Isroil armiyasi oʻrtasidagi ikki oylik urush davomida Livan va Isroil koʻrgan zararning qiyosiy tahlilini chop etdi.
-
Livan janubida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan toʻqnashuvlarda kamida 25 ta isroillik askar yaralandi. Shuningdek, bir qancha qurbonlar bor, jumladan, “Hizbulloh” bilan toʻqnashuv natijasida Isroil armiyasining zaxiradagi mayori, 228-“Alon” brigadasining 9308-batalʻoni qoʻmondoni oʻrinbosari Aviram Xarib hamda 7338-“Adirim” artilleriya polkidan 27 yoshli Saʻʻar Eliad Navarski oʻlgan.
-
Gʻazoda qatliom uyushtirayotgan Isroil askarlaridan 10 mingdan ziyodi turli jarohatlar, shuningdek, ruhiy buzilishlar bilan Mudofaa vazirligi Reabilitatsiya boshqarmasiga murojaat qilgan. Bosqinchi armiya askarlari asosan tashvish, ruhiy tushkunlik, jarohatdan keyingi qiyinchiliklar, moslashish va muloqotdagi muammolardan shikoyat qilgan. 3700 dan ortigʻi esa bosh, qoʻl-oyoq va koʻzidan jarohat olgan.
-
Fitch mojaro 2025 yilgacha davom etishi, boshqa jabhalarda kengayishi, harbiy xarajatlar va qarz yuklarining yanada oshishiga olib kelishidan xavotirda. Agentlikning ogohlantirishicha, mojaro insoniy xarajatlardan tashqari, infratuzilma vayron boʻlishiga va uzoq muddatli iqtisodiy oqibatlarga, jumladan, sarmoya va sanoat faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
-
Gʻazo shimolida HAMAS tomonidan Isroil armiyasining yuqori martabali zobiti – 36 yoshi mayor Itsxar Xoffman oʻldirildi. Gʻazo hududida yoʻq qilingan isroil harbiylari soni 561 nafarga etdi. Oʻn minglab jarohatlanganlar bor.
- 01

















