Joriy yilning sentyabrь oyida Ozarbayjonning Boku shahrida “Cheksiz birodarlik – IV” nomli koʻp millatli harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Unda Ozarbayjon, Turkiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Pokistonning maxsus kuchlari ishtirok etadi. Mashgʻulotlar ishtirokchi davlatlarning qoʻshma operativ salohiyatini oshirishga hamda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan.
The New York Times nashrining yozishicha, Hindiston AQSh bilan yaqinlashgani sababli, 2010 yildan buyon Rossiya qurollarini sotib olishni 50 foizdan koʻproqqa qisqartirgan va amerika, frantsuz hamda isroil tizimlariga koʻproq eъtibor qaratmoqda. Pokiston esa Xitoy bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirdi – mamlakat harbiy texnikasining qariyb 80 foizi Xitoydan keltiriladi: J-10C qiruvchi samolyotlari va uzoq masofaga uchuvchi raketalari shular jumlasidandir. Hozirda mamlakat Xitoy tizimlarini sotib olishni ikki baravarga koʻpaytirmoqda.
U agar Nьyu-Dehli "Sindur" harbiy operatsiyasini toʻxtatsa Islomobod Hindiston bilan mojaroni kuchaytirishni rejalashtirmayotganini aytib oʻtgan. Shuningdek, vazir Hindiston chekinadigan boʻlsa, Pokiston javob choralari koʻrmasligini, aks holda, mamlakat oʻzini himoya qilishga majbur boʻlishini qoʻshimcha qilgan.
Bugun, 7 mayga oʻtar kechasi Hindiston Pokiston tomonidan boshqariladigan Kashmirdagi bir nechta nuqtalarga raketa zarbalarini berdi. Tahlilchilarga koʻra, bu voqea yadro quroliga ega ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning sezilarli darajada yomonlashganini va ularning toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy harakatlarga kirishganini koʻrsatadi. Hindiston va Pokistonning asosan musulmonlar istiqomat qiluvchi Jammu va Kashmirdan tashqari ham boshqa konflikt nuqtalari bor: chunki asrlar davomida hindlar va pokistonliklar oʻrtasidagi qorishganlik darajasi yuqori emas. Bu esa oʻzaro ziddiyatni yanada olovlantirmoqda. Oʻtgan asrda yadroviy toʻqnashuv AQSh va SSSR oʻrtasida modellashtirilgan boʻlsa, hozirda bunday toʻqnashuv boʻlishi mumkin boʻlgan davlatlar deb Hindiston va Pokiston deb koʻriladi.
Pokiston havo kuchlari Hindistonning ikkita qiruvchi samolyotni urib tushirdi.
Mashgʻulotlar doirasida havo hujumi signalizatsiyasini sinash, elektr taъminotini vaqtincha toʻxtatish va evakuatsiya protokollarini tekshirish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda Pokiston ixtiyorida taxminan 150 ta yadroviy kallak bor.
Pokiston va Hindiston oʻrtasidagi tarixiy Kashmir nizosi yana avjiga chiqdi. Nьyu-Dehli sayyohlarga qilingan hujum uchun Pokistonni ayblar ekan, Islomobod xalqaro tergov talab qilmoqda. Bu orada esa yadro qurollariga ega ikki qoʻshni davlat oʻrtasidagi tortishuv butun mintaqani halokat ostonasiga olib kelishi mumkin. Siyosatshunos Abduvali Soyibnazarov maqolasidan.
Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston hukumatlari tarixiy temiryoʻl bitimini imzolamoqchi.
Afgʻonistonning Islomoboddagi elchixonasi Pokiston hukumati mamlakatdagi barcha afgʻon muhojirlarini mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirayotganini maъlum qildi. Ayni paytda Islomobod va Ravalpindi shahridagi afgʻon fuqarolari hech qanday rasmiy xabarnomasiz hibsga olinmoqda va tintuvlarga uchramoqda.