Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov daʻʻvatchilik faoliyatini cheklovchi qonunni qabul qildi. Hujjatga koʻra, uyma-uy yurib dinga targʻib qilish taqiqlandi. Japarov dinga qarshi emasligini taʻʻkidlab, islomga daʻʻvat hech kimga noqulaylik tugʻdirmaydigan holatda, masalan, toʻy-hasham, janoza, bozor va boshqa gavjum joylarda oʻtkazish zarurligini taʻʻkidladi.
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiev 2025–2026 yillarda mamlakatda korruptsiya toʻliq yoʻqotilishi, buning uchun qattiq qonunlar qabul qilinishini bildirdi. Shuningdek, u huquq-tartibot organlari xodimlarini uydirma ishlar va aybsiz insonlarni taqib qilishdan ogohlantirdi.
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining Bishkekda ochilgan yangi binosida xodimlar uchun namozxona tashkil etildi. Boʻlimga tashrif buyurgan MXDQ raisi Qamchibek Tashiev xavfsizlik xodimlarini mamlakat kelajagi uchun ishlash, qonunlarni buzmaslikka chaqirdi.
Bir qator davlatlar, jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjon oʻz fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi. Ukraina Gʻarb taqdim etgan raketalardan Rossiya hududiga zarbalar berishni boshladi. Rossiya bunga javob berishga tayyorlanmoqda.
Qirgʻizistonda hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallab olishni rejalashtirishda gumonlanib 7 kishi, jumladan, 3 nafar asli qirgʻizistonlik boʻlgan xorij fuqarosi, shuningdek, sobiq bosh prokuror oʻrinbosari ushlandi. Qoʻlga olinganlardan qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va dronlar musodara qilingan.
Sudanda Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF) Shimoliy Darfurning Malha hududida Sudan armiyasi tomonidan bombardimonchi sifatida foydalanilayotgan samolyot urib tushirilganini maʻʻlum qildi. Biroq qoldiqlar Il-76 samolyotiga tegishli boʻlib, ekipaj aʻʻzolaridan biri BAAda joylashgan Qirgʻizistonga aloqador Airline Transport Incorporation FZC kompaniyasi guvohnomasi boʻlgan.
Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahridagi savdo markazida Isroilni qoʻllab-quvvatlayotgan kompaniyalarga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazgan 29 kishi qoʻlga olingani aytilmoqda. Ular “boykot” chaqirigʻi yozilgan yozuvlarni koʻtarib, yoʻlak va zinalarga qizil boʻyoq toʻkkan.