Quddus
-
Ishgʻol ostidagi Quddus bugun nafaqat askarlar yoki temir toʻsiqlar, balki turli shoular, musiqa, sanъat va madaniyat niqobidagi buzgʻunchiliklar orqali ham bosib olinmoqda. Ishgʻolchi tuzum shaharning har bir qarichini, har bir yodgorligini, har bir qadimiy manzarasini oʻzgartirish uchun barcha vositalarini ishga solyapti. Ular Quddusning islomiy ruhini, ming yillik tarixini yoʻqotish, uning oʻrniga yahudiylik ramzlarini joylashtirish uchun turli koʻrinishdagi qurollaridan foydalanyapti. Bu jarayon sekin, lekin muttasil davom etmoqda.
-
Quddus Islom kengashi Isroil musulmonlarning eng muqaddas qadamjolaridan biri boʻlgan Al-Aqso masjidiga oid status-kvoni oʻzgartirish rejalaridan jiddiy xavotir bildirdi. Kengash bayonotiga koʻra, Isroil hukumati yahudiy koʻchmanchilarga bu muqaddas qadamjoga koʻproq huquq va kirish huquqini berish niyatida.
-
Quddusda Isroil va HAMAS oʻrtasidagi urush boshlanganidan beri eng yirik norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi. 100 mingdan ziyod kishi qatnashgan namoyish tashkilotchilari hukumat isteʻʻfosini talab qilib, Gʻazo sektorida garovda boʻlgan 130 nafar isroillikni ozod qilishga olib keladigan kelishuvga rozi boʻlishga chaqirmoqda. Norozilik harakatlari vakillari bu hafta Quddus boʻylab toʻrt kunlik miting va tadbirlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
-
Isroil tomonidan qoʻyilgan barcha toʻsiqlarga qaramay, 120 mingga yaqin falastinlik musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyidagi ikkinchi juma namozini Al-Aqso masjidida ado etdi.
-
Isroil cheklovlariga qaramay, 35 ming falastinlik Masjidul Aqsoda xufton va tarovih namozlariga saf tortdi. Isroil kuchlari Masjidul Aqsoga kirmoqchi boʻlgan yosh yigitni kaltaklab, hibsga olgani aytilmoqda.
-
Ishgʻol ostidagi Falastinning Quddus shahrida amerikalik diplomat oʻlik holda topildi. Diplomatning oʻlimi boʻyicha shubhali hech narsa yoʻqligi maʻʻlum qilindi.
- 01

















