Rossiya-Ukraina Urushi
-
Rossiya qoʻshinlari Ukrainaning Gornyak shahrini egalladi. Ushbu shahar Pokrovsk yoʻnalishida harakatlanish uchun strategik ahamiyatga ega. Shuningdek, Donetsk viloyatidagi Selidovo, Bogoyavlenka, Novoukrainka, shuningdek, Shaxtyorskiy va Novoalekseevka yaqinidagi hududlar ham Rossiya nazoratiga oʻtdi.
-
Rossiya qoʻshinlari Ukraina sharqidagi Ugledar shahri, Ukraina harbiylarining Donetsk viloyatidagi strategik nuqtasi ustidan toʻliq nazorat oʻrnatdi. Ugledar 2022 yilda urush boshlanganidan beri Rossiyaning shiddatli hujumlariga dosh berdi va 2,5 yil davomida egallashga boʻlgan barcha urinishlariga qarshi kurashib kelayotgandi.
-
Rossiya qoʻshinlari qariyb ikki yillik urinishlar va katta yoʻqotishlardan soʻng Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Ugledar shaharchasini egallash arafasida turibdi. Ushbu strategik muhim shaharni himoya qilib kelayotgan ukrain gornizoni charchagan va dastakka muhtoj.
-
Ukraina qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari Saratov va Engelʻsdagi koʻp qavatli turar-joy binolariga hujum qildi, dedi Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin. Shuningdek, Engelʻs tumanidagi Pribrejniy qishlogʻida yana toʻrtta xususiy uy zarar koʻrdi. Hujumlar natijasida bir kishi ogʻir yaralangan.
-
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari ilk bor Murmansk viloyatiga hujum qildi. Chegaradan uchoq urib tushirilgan joygacha masofa rekord darajadagi 1850 km ni tashkil etadi. Ushbu hujum RF havo hujumidan mudofaa kuchlarining zaifligi natijasi sifatida baholandi.
-
Rossiya ukrain qoʻporuvchilik-razvedka guruhi Bryansk viloyatining Klimovskiy tumani hududiga bostirib kirmoqchi boʻlganini maʻʻlum qildi. Ushbu urinish Rossiya FSB va Qurolli Kuchlari tomonidan bartaraf etilgan.
-
Ukraina armiyasi bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy ilk bor ukrain qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi amaliyotiga izoh berdi. “Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining 1000 kv. km. ga yaqin maydoni nazoratimiz ostida”, - dedi u.
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi 20 ta aholi maskanini egallab, xandaq qazishni boshladi, Lipetsk viloyatida dron hujumidan keyin 4 ta aholi punkti evakuatsiya qilindi, Qrimda mehmonxonalar yopildi.
-
Shri-Lanka delegatsiyasi Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya armiyasi safida Ukrainadagi urushda oʻldirilgan va yaralangan Shri-Lanka fuqarolari uchun tovon puli toʻlash masalasini koʻtardi. Mamlakat rasmiylariga koʻra, urushda kamida 17 nafar shri-lankalik halok boʻlgan, 37 nafari yaralangan va oʻndan ortiq odam asirda saqlangan boʻlishi mumkin.
-
Polʻsha rasmiylari armiyaga chaqiruv va aholini Rossiya bosqiniga tayyorlash boʻyicha maxsus dasturni ishga tushirdi. Unga koʻra, polyaklarga "taʻʻtilni armiya bilan birga oʻtkazish" taklif etiladi. Hukumat shu yoʻl bilan armiyani yollanma askarlar bilan toʻldirmoqchi. Ayni paytda yozgi kurslarda qatnashmoqchi boʻlganlar 200 mingga yaqin boʻlib, ular zaxiradagi askarga aylanadi.





















