Tahlilchilarning fikricha, keyingi urush ancha qonli boʻlishi mumkin. Bu urushga Vashington ham faol tarzda jalb qilinsa, hattoki AQSh–Eron toʻqnashuvi ham yuz berishi mumkin.
Shunga qaramay, tahlilchilar Putin urushdagi maqsadlarini oʻzgartirmagani haqida gapirishmoqda. Rossiya davlat rahbari Ukrainadagi Evropa tarafdori boʻlgan hukumatni agʻdarib, uning oʻrniga Moskvaga sodiq “qoʻgʻirchoq rejimni” oʻrnatmoqchi.
Suriyaning SANA davlat agentligiga koʻra, prezident Vladimir Putin ham Shayboniy va u boshchiligidagi delegatsiyani Kremlda qabul qilgan, biroq uchrashuv tafsilotlari oshkor etilmagan.
Prezident Vladimir Putin 2025 yil sentyabr oyidan boshlab Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etilishi, ilgari amalda boʻlgan bojlar qiymati esa oshirilishi toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Jumladan, 1 sentyabrdan boshlab, chet el fuqarolarini yashash joyi boʻyicha hisobga qoʻyish uchun 500 rublь, shuningdek, vaqtincha boʻlish muddatini uzaytirish uchun ming rublь miqdorida yigʻim joriy etiladi.
Ukraina mudofaa vazirligi va bosh razvedka boshqarmasi koʻmagida tashkil etilgan “Xochu jitь” (“Yashashni xohlayman”) loyihasi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 902 nafar Oʻzbekiston fuqarosining ism-sharifini eъlon qildi.
Qozogʻiston rahbari Qosim-Joʻmart Toʻqaevning Turkiyaga tashrifi rus OAVlarida gʻazab bilan muhokama qilindi. Rossiya propagandasi Toʻqaevni "siyosiy muvozanatni saqlash ustasi" deb atamoqda.
24 iyulь kuni tush payti suvda choʻmilayotganda ahvoli keskin yomonlashgan, nafas olishi qiyinlashgan va uning choʻkib ketishiga oz qolgan. Qodirovni sohilga chiqarib, birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan va tez tibbiy yordam mashinasida kasalxonaga etkazilgan. "Novaya gazeta” nashri oldinroq Checheniston rahbarida oshqozon osti bezi nekrozi aniqlanganini maъlum qilgandi. Shuningdek, nashr Rossiya prezidenti maъmuriyati Chechenistonda hokimiyat almashishi stsenariysini ishlab chiqayotganini qoʻshimcha qilgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning ukrain xalqini "hech qachon okkupatsiyaga rozi boʻlmaslik", "taslim boʻlmaslik" va "hududiy yaxlitlik buzilishiga yoʻl qoʻymaslik" haqidagi chaqiruvi Rossiyada jiddiy muhokamalarni keltirib chiqardi.
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisi oʻrinbosari, Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov mamlakatdagi masjidlar issiq yoki sovuqdan qiynalgan har qanday inson uchun ochiqligini aytib oʻtdi.
Rossiya Mudofaa vazirligining maъlum qilishicha, oʻquv mashgʻulotlari 15–21 iyulь kunlari “Termiz” poligonida boʻlib oʻtadi. Harbiy boʻlinmalar chegara hududlariga noqonuniy qurolli tuzilmalar kirib kelgan taqdirda ularni aniqlash va yoʻq qilish, dushmanning kichik guruhlariga qarshi urushish va boshqa mashqlarini bajaradi. Rossiya harbiy kontingentining asosiy qismini Tojikistonda joylashgan 201-harbiy bazasi boʻlinmalari tashkil etadi.