Rossiyada ishlash
-
Rossiya parlamenti noqonuniy migratsiya tashkil etish faoliyatini oʻta ogʻir jinoyatlar darajasiga koʻtarish hamda ushbu qilmishlar uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni koʻzda tutgan qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, rossiyalik bilan turmush qurgan chet elliklar uchun yashash guvohnomasini olish muddati 3 yilga uzaytirildi.
-
2024 yilning birinchi olti oyida Rossiya sudlari 85,8 ming muhojirni chiqarib yuborishga qaror qildi, bu 2022 yildagi barcha koʻrsatkichlardan oshib ketdi. Sudlar tomonidan muhojirlarga solinadigan jarimalar miqdori ham ortib bormoqda. 2024 yilning birinchi olti oyida xorijliklar 590 million rublʻ (6,1 mln dollardan ziyodroq) miqdorida jarimaga tortilgan. Bu butun 2023 yil bilan deyarli teng.
-
Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatda 630 mingga yaqin noqonuniy muhojir istiqomat qilishini maʻʻlum qildi. Ularning mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etishlari uchun 2025 yilda nazorat qilinadigan shaxslarning maxsus reestri joriy etiladi. Qayd etilishicha, 2023 yilda RFda qonuniy ravishda boʻlgan mehnat muhojirlari soni 3,5 million kishidan oshmagan. Ularning aksariyati Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolaridir.
-
Mehnat muhojirlarining Rossiyani ommaviy tark etishi fonida ish beruvchilar migrantlarning oylik maoshlarini oshirishga majbur boʻlmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, tovar va xizmatlar tannarxining oshishi hamda sifatining tushishiga sabab boʻlmoqda - “Moskovskiy komsomolets” tadqiqoti.
-
Moskvadagi qonli hujumlardan soʻng Rossiyada millatchilik va shovinizm qaytadan bosh koʻtardi. Muhojirlar kaltaklanmoqda, vandalizm va irqchilik holatlari koʻpaygan.
-
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin yillarda mamlakatda xodimlar va malaka etishmasligi muammosi kuzatilishini maʻʻlum qildi. U mehnat bozorida yaqinlashib kelayotgan xodimlar tanqisligini past malakali muhojirlar hisobidan qoplashni taqiqladi. "Bizga boshqa yondashuvlar kerak", - dedi Rossiya prezidenti.
-
Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi chet ellik ishchilarni maqsadli, tashkiliy yollash uchun jamoat yuridik kompaniyasini yaratishni hamda uning mexanizmini rossiyalik ish beruvchilar foydasiga takomillashtirishni taklif qilmoqda.
- 01


















