Suriyaning SANA davlat agentligiga koʻra, prezident Vladimir Putin ham Shayboniy va u boshchiligidagi delegatsiyani Kremlda qabul qilgan, biroq uchrashuv tafsilotlari oshkor etilmagan.
AQSh Markaziy qoʻmondonligi 25 iyulь kuni Suriyaning shimolidagi al-Bab shahrida reyd oʻtkazib, IShIDning yuqori martabali etakchisi va uning ikki voyaga etgan oʻgʻlini oʻldirdi. Operatsiya Halab viloyatida amalga oshirilgan boʻlib, oqibatda Zavba Muslih al-Hardani hamda uning oʻgʻillari – Abdulloh va Abdurrohman halok boʻlgan. CENTCOM bayonotida aytilishicha, ularning barchasi "AQSh va koalitsiya kuchlari, shuningdek, yangi Suriya hukumati uchun tahdid" hisoblangan.
2025 yil 1 avgustdan boshlab Ozarbayjon gazi Suriyaga etkazib beriladi.
Sionistlar armiyasi bosh shtabi boshligʻi Eyal Zamirning aytishicha, isroil harbiylari uzoq davom etadigan “murakkab va keskin” vaziyatga tayyor boʻlishi kerak. Sababi yahudiy davlati Damashq va “Hizbulloh”ning kuchayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Suriyadagi nishonlarga zarba berishni davom ettiradi.
Shu kunlarda Suriyada yana notinchlik. Bosqinchi isroil Suvaydadagi druzlardan foydalanib, Shom diyorini yana olovlantirmoqchi. Biz bugun ushbu voqealar rivoji haqida emas, balki sionistlar qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlib, musulmonlarning yosh bolalarini oʻldirayotgan, ayollarini zoʻrlayotgan druzlar haqida gaplashmoqchimiz. Xoʻsh, ular aslida kim?
Bosqinchi isroil tarafdori boʻlgan kuchlar magʻlub etilganidan soʻng hududga Suriya ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari joylashtiriladi. Sulh kelishuvini imzolagan druz shayxi Yusuf Jerbu IIV bilan hamkorlikka tayyor ekanini bildirib, hududda xorijiy kuchlar, xususan, isroilning aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligini taъkidlagan.
Ash-Sharъning ushbu tashrifi mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda turli sohalarda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.
Suriya hukumati va AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Suriya demokratik kuchlari (SDF) oʻrtasidagi soʻnggi muzokaralarda hech qanday natijaga erishilmadi. Jarayonga yaqin manbalarga koʻra, SDF AQSh vositachiligi va Frantsiyaning ishtirokiga qaramay, mart oyidagi kelishuvning asosiy bandlari boʻyicha yon berishdan bosh tortgan.
Suriya va Turkiyaning qoʻshma amaliyoti natijasida Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъaga nisbatan rejalashtirilgan eng yirik suiqasdning oldi olindi. Razvedka maъlumotlariga koʻra, Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъani oʻldirishga qaratilgan suiqasd IShIDning yuqori lavozimdagi aъzosi tomonidan tashkillashtirilgan. U avvalroq, Asad rejimi qulagan davrda Livanning "Hizbulloh" tashkiloti bilan yaqin aloqada boʻlgani aytilmoqda.
Suriya turizm vazirligi jamoat plyajlariga tashrif buyuruvchilar – xoh sayyoh, xoh mahalliy aholi vakili boʻlishidan qatъiy nazar jamiyat his-tuygʻularini hisobga olishi shartligini maъlum qildi. Unga koʻra, plyaj va boshqa joylar oʻrtasida harakatlanayotganda ayollar choʻmilish kostyumlari ustidan yopinchiq yoki keng xalat kiyishi lozim. Erkaklarning ham jamoat joylarida ustki kiyimsiz yurishiga ruxsat berilmaydi.