Qurolli muxolif guruhlar Halab va Idlib viloyatlarida jami 70 ta aholi punktini 0nazorat ostiga oldi.
Soʻnggi etti hafta ichida 300 ming bola kuchayib borayotgan keskin vaziyatdan qochib, Livandan Suriyaga koʻchib oʻtdi, deya xabar bermoqda Save the Children tashkiloti. Aksariyat bolalar yolgʻiz, ota-onalari yoki oilalaridan ajralgan holda yoʻlga chiqqan boʻlib, yaqinlashib kelayotgan qish, zoʻravonlik, oziq-ovqat tanqisligi va kasallik xavfi ostida qolmoqdalar.
Isroilning Livan “Hizbulloh”iga qarshi urushi yaqin orada Suriyaning ham ushbu mojaroga tortilish ehtimoli haqidagi qarashlarni yuzaga keltirmoqda. Uning Livan bilan geografik yaqinligi AQSh homiyligidagi yahudiy davlatining Shom diyoriga kuchliroq hujumni boshlashiga sabab boʻlishi mumkin.
Suriyaning neftga boy Dayr-az-Zor mintaqasida mahalliy qabilalar Bashar Asad qoʻshinlari bilan birlashib, AQSh himoyasi ostidagi kurdlarni hududdan quvib chiqardi. Dayr-az-Zor Suriyadagi qariyb 10 yildan beri kurd guruhlari nazoratida boʻlgan yagona neftʻ va gaz qazib oluvchi mintaqa boʻlib, bu erda AQShning 20 dan ortiq harbiy bazalari mavjud.
Isroil harbiy samolyotlari Suriya poytaxtidagi Eron konsulligi binosiga raketa zarbasini berdi. Natijada besh kishi – diplomatlar va harbiy maslahatchilar, jumladan, Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi generali Muhammad Rizo Zohidiy halok boʻldi. Bino toʻliq vayron boʻlgan.
Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangan 24 yoshli oʻzbekistonlik fevralʻ oyida Oʻzbekistonga deport qilingan edi. U sud qilinib, 6 yilga qamaldi.
Suriyada fuqarolik urushi boshlanganiga 13 yil toʻldi. Bu muddat davomida 306 mingdan ziyod suriyalik halok boʻldi, 5 mln dan ortiq kishi qoʻshni davlatlardan boshpana topdi, 7 mln kishi esa ichki qochqinga aylandi. Ayni paytda 16,7 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj.
AQSh oʻz bazasiga uyushtirilgan hujumga javoban Iroq va Suriyadagi Eron Inqilobiy Gvardiyasi korpusi va unga aloqador harbiylashgan guruhlarga qarashli nishonlarga havodan zarbalar berishni boshladi.
Juma kuni ertalab Isroil tomonidan Damashq janubiga havo hujumi uyushtirilishi oqibatida uch kishi, jumladan Eron Inqilobiy gvardiyasi maslahatchisi Said Alidadiy halok boʻldi.