suvdan
-
Sudan armiyasi mamlakat rahbari general Abdulfattoh al-Burhon harbiy qismga ikkita uchuvchisiz uchoq hujumi amalga oshirilgani natijasida engil jarohat olganini maʻʻlum qildi. Hodisada kamida besh kishi halok boʻlgan, bir qancha harbiylar jarohatlangan. Armiya Tezkor koʻmak kuchlarini ayblamoqda. Mamlakatda davom etayotgan 15 oylik fuqarolik urushida 18 mingdan ziyod kishi halok boʻldi.
-
Sudanda hukumat armiyasi va harbiylashgan Tezkor Harakat Kuchlari oʻrtasida 15 oydan buyon davom etayotgan toʻqnashuv tufayli eng kamida 16 ming kishi halok boʻldi, 7,2 milliondan ziyod kishi oʻz uylarini tashlab ketdi. Shuningdek, 23 million kishi toʻyib ovqatlanmaslik, 750 ming kishi esa butkul ocharchilik yoqasida.
-
Turkiyaning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan tayyorlangan 2408 tonna insonparvarlik yordami yuklangan kema Turkiyaning Mersin xalqaro portidan Sudanga yoʻl oldi.
-
Bugun, Qurbon hayiti munosabati bilan Turkiyaning din ishlari boʻyicha boshqarmasi va diniy jamgʻarmasi (TDJ) ishtirokida 1500 bosh chorva mollari qurbonlik qilindi. Maʻʻlumot uchun, bir yildan buyon fuqarolik urushidan aziyat chekayotgan 50 million aholiga ega Sudanda 15 ming tinch aholi qurbon boʻldi, 25 million kishi ochlikdan aziyat chekmoqda va 11 million kishi oʻz uylarini tark etgan. Ukrainadagi urush haqida jar solayotgan xalqaro hamjamiyat Sudandagi mavjud holatga koʻz yummoqda.
-
BMT Migratsiya agentligi Sudanda bir yildan oshiqroq vaqtdan beri davom etib kelayotgan harbiy mojarolar tufayli ichki koʻchirilganlar soni tez orada 10 milliondan oshishi mumkinligini maʻʻlum qildi. BMT tuzilmasi, shuningdek, Sudanda "ocharchilik xavfi" borligidan ogohlantirdi.
-
Butun dunyoning nigohi Gʻazo va Ukrainaga qarab turgan bir vaqtda, bir yildan buyon fuqarolik urushidan aziyat chekayotgan 50 million aholiga ega Sudanda 15 ming tinch aholi qurbon boʻldi, 25 million kishi ochlikdan aziyat chekmoqda va 11 million kishi oʻz uylarini tark etdi. Biroq xorijiy homiylar Xartumga Kievga qaraganda 1000 baravar kamroq yordam ajratmoqda.
-
Sudan armiyasi jangarilar nazorati ostida boʻlgan Milliy teleradiokompaniyani ozod qildi. “Isyonchilarni mamlakat boʻylab har joyda taʻʻqib qilishda davom etamiz”, - dedi armiya generali Abdulfattoh al-Burxon. Mamlakatdagi toʻqnashuvlarda 13 mingdan ortiq inson halok boʻldi, 6 mln kishi uy-joylarini tashlab ketgan, 1,7 mln odam esa qoʻshni davlatlarga qochgan.
-
YuNISEF Sudanda davom etayotgan qurolli mojarolar va toʻyib ovqatlanmaslik tufayli kamida 700 ming bola oʻlim xavfi ostida ekanini maʻʻlum qildi.
-
Sudanda oʻzaro urishayotgan tomonlar Bahraynda muzokaralar oʻtkazib, mamlakat birligini saqlash boʻyicha kelishib olgani maʻʻlum qilindi. Mazkur toʻqnashuvlar 12 ming kishining oʻlimiga, ocharchilik va millionlab insonlarning koʻchirilishiga sabab boʻldi.




















