taqillatish
- 01
Gvineya harbiy xuntasi rahbari Mamadi Dumbuya sharafiga oʻtkazilgan futbol musobaqasi vaqtida hakamning bahsli qarorlaridan norozi boʻlgan muxlislarning stadionga tushib kelishi tiqilinchni keltirib chiqardi. Natijada, tasdiqlanmagan maʻʻlumotlarga koʻra, 100 dan ziyod odam, jumladan bolalar halok boʻldi.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Hatras tumanidagi qishloqlardan birida mashhur voiz Bhole Babani tinglash uchun yigʻilgan olomon tiqilinch hosil qildi. Natijada eng kamidi 116 kishi halok boʻldi. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligini maʻʻlum qildi. Guvohlarning aytishicha, tiqilinchga odamlar ruhoniyga yaqinlashish va hokipoyini olishga intilishi sabab boʻlgan.